So’nggi yangiliklar

12:33"Барселона"га келаётган посбон жамоада иккинчи дарвозабон бўлишга рози, аммо...  0 11:51Гвардиола: "Уруш хоҳлайсизми? Энди жанг қиламиз"  1 10:57Поль Погбанинг «Ювентус»даги келажаги маълум  0 10:20Таиланд терма жамоаси мураббийи: "Таиланд кетма-кет тўртинчи Жаҳон чемпионатида кучли 16таликдан жой олмоқда"  0 09:50Аргентина термасининг асосий дарвозабони жамоасининг октябрь ойидаги ўйинларида майдонга тушмайди  1 09:13BMW «Реал Мадрид» футболчиларига янги автомобилларни тақдим этди  4 08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  1 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  11 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  3 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1

"Neftchi": Muxlislar bilan jonli muloqot o'tkazildi Yangiliklar

"Neftchi": Muxlislar bilan jonli muloqot o'tkazildi

Avval xabar berganimizdek, bugun Farg'onada “Neftchi” muxlislari va rasmiy shaxslar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Kech soat 18:00ga yaqin boshlangan jonli muloqotda “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadze hamda Farg'ona shahrida yangi qad rostlagan “Istiqlol” nomli stadion direktori Ilhomjon Sobitov va direktor o'rinbosari Almatjon Homitov yig'ilgan ishqibozlarning bir qator savollariga javob berib o'tishdi.

“Kirguli SK” stadionida yig'ilgan muxlislar soni shu kuni 100dan ziyod bo'ldi. Ishqibozlar muloqot jarayonida bevosita “Neftchi” mashg'ulotlarini ham kuzatib bordi.

Dastlab so'zga chiqqan klub raisi Tohir Kapadze jumladan shunday dedi: - Avvalambor bugun sizlar bilan ko'rishib turganimizdan xursandmiz. “Navbahor” bilan o'yindan so'ng ko'pchilik ishqibozlar menga uchrashuv tashkil etishni so'radi. Bilsanglar oldin ham aytganman, bir oyda bir marotaba ishqibozlarimiz bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashamiz. Kimda qanday savollar bor? Kimning qanday taklifi bor? Sizdek sodiq muxlislarning fikrini albatta tinglaymiz, undan o'zimiz uchun to'g'ri xulosa chiqarib olamiz. Maqsadimiz bitta. Yani Farg'ona futbolini yanada yuksaltirish. Buning uchun barchamiz ahil bir oiladek bo'lishimiz kerak bo'ladi. Mazkur uchrashuvni tashkil etayotganimizning yana bir sababi shuki, oxirgi paytlarda qaerda bo'lmay, muxlislar Farg'onadagi yangi qurib bitkazilayotgan “Istiqlol” stadionida “Neftchi” qachon o'ynashni boshlaydi?  SHuni inobatga olib, stadion rahbariyatini ham bugungi uchrashuvimizga taklif etdik. Qimmatli vaqtlarini ayamasdan tadbirimizda qatnashayotgani uchun ularga minnatdorchilik bildirib o'tishni istardim.

SHundan so'ng stadion direktori Ilhomjon Sobitov so'z olib, dastlab stadion haqida malumotlar berib o'tdi.

- Assalomu alaykum, xurmatli futbol ishqibozlari. Bugungi uchrashuvga taklif etishganidan juda xursand bo'ldik. Aslida o'zimizda ham shunday niyat yo'q emasdi. CHunki yangi stadion bugungi kunda futbolga befarq bo'lmagan kishilarni qiziqtirib kelmoqda. Stadionimiz rejaga ko'ra, 1 sentyabr kuni foydalanishga topshirilishi kerak edi. Lekin ayrim texnik sabablarga ko'ra, bu muddat birozga cho'zildi. Stadionda hamon pardozlash ishlari jadallik bilan ketmoqda. Qurilish 2012 yilning yanvar oyidan boshlangan. 20 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi. Umumiy er maydoni 22 gektarni o'z ichiga oladi. SHundan 10 gektariga ko'kamlamzorlashtirish va xorijdan keltirilgan bir qator manzarali darahtlar o'tqazilgan.

6 gektari esa stadion uchun ajratilgan. Trinubaga o'rindiqlar Janubiy Koreyadan olib kelindi. O'ylaymizki muxlislar uchun juda qulay bo'lgan sharoitlar yaratilgan. Xususan hojatxona juda katta qurilgan. Tozalikka va har qanday jahon andozalariga to'la javob beradi. Tribunaga kirib, chiqish uchun 8ta eshik bor. 13x4 hajmda zamonaviy elektron tablo olib kelingan. O'yin paytida gol bo'lgan xolat va umuman uchrashuv chog'ida muntazam ishlab turadigan tabloda havfli vaziyatlarni ham qaytadan ko'rish imkoni bo'ladi. Jamoalar uchun kiyinish va echinish xonalari 2tadan 4ta qilingan. “A” va “B” klass toifasida. Bular ham xalqaro talablarga to'la javob beradi. 9 qatordan iborat yugurish yo'lakchasi bor. Uning rangi qizil ko'rinishda bo'ladi. Stadiondagi sektorlarning umumiy miqdori 32tani tashkil etadi. Sportning boshqa turlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalar jarayonida mashala yoqish uchun stadionning markaziy qismida maxsus joy qilingan.

Stadionning ichiga ikki tomondan kirish mumkin bo'ladi. Stadionning oldi va orqa tomonida chipta sotish uchun kassa do'konlari joriy etilgan. SHuningdek muxlislar uchun yana bir qulaylik tomoni, 650ta avtomashinaga mo'ljallangan maxsus turar joylar qilingan.  Yoritkich projektorlari 56 metrdan iborat. Uni Xitoyda tayyorlab olib kelindi. Hozirga kelib, uning asosiy qismi o'rnatib bo'lindi. Xitoydan mutaxassislar kelishin kutmoqdamiz. Aynan ular kelib, o'rnatib beradi. Stadion ichida emoq uchun bufetlar qurilgan. Umuman olganda, ishqibozlarimiz uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Qolaversa jamoalar va tartibni saqlash xodimlari uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan.

Stadion direktorining bergan malumotlaridan so'ng, ishqibozlar Ilhomjon Sobitovga yana bir qator savollar bilan murojaat qilishdi.

- Yangi qurib bitkazilgan stadion haqida internet nashrlarida o'qib turamiz. Lekin uning nomini ochig'i, bilmasdim. Nima uchun aynan “Istiqlol” deya nom berildi? Keyin savolimning ikkinchi qismi shundan iboratki, bizda o'yinlar erta vaqtda boshlanadi, nima uchun bizdagi yangi stadionning ustki qismi ochiq xolatda. SHuni xuddi Evropadagi arenalar kabi, yopiq xolatda qursa bo'lmasmidi?

- Farg'ona viloyati futbol fedaeraciya tomonidan “Istiqlol” deya nom berildi. Agarda u “Neftchi” klubining shaxsiy stadioni bo'lganida, klub nomi berilishi ham mumkin edi. Ikkinchi savolingizga keladigan bo'lsak, stadionning qurilishi oldidan shunday proekt qilinganki, unda stadioning ustki qismi ochiq xolatda qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu xolatiga ham katta mablag' sarf etilgan. Siz aytgandek, qilish uchun yanada qatta summa talab etiladi. Qolaversa uning foydalanishga topshirilishi ham yana biroz muddatga cho'zilib ketadi.  

- Stadionda muxlislar sig'imi 20 000 ekan. Bu oz emasmi? 

- Bu narsa hukmat tomonidan rejalashtirilgan proekt bo'yicha qilingan. Sizga shuni aytamanki, bu menga bog'liq emas.

- CHiptalar sotuvi qanday bo'ladi?

- SHu kungacha chiptalar oddiy qog'ozlarga, maxsus muhr bosilib chiqarilmoqda. SHu bois ilgari qalbaki chiptalar ko'p bo'lgan. Yangi stadionga esa chiptalar shtrix kodli chiqariladi. Har bir muxlis olgan chiptasini, stadionga kirishda maxsus apparatga tutib tasdiqdan o'tkazgan xolda keyin kiradi. Undan keyingi odam bu chiptani tutib, boshqa kira olmaydi. Mavsumiy chiptalar ham joriy etiladi. CHiptaning narhi qancha bo'lishi hozircha rasman aniq bo'lmadi. Lekin tabiiyki yangi stadionga kirish uchun chipta narhi malum miqdorda oshadi. CHunki bunday katta stadionni talab dajarasida bo'lishi aynan chiptadan tushgan moliya evazigadir. Qolaversa 100 ziyod ishchi xodimlar bor. Elektr energiya va boshqa o'ziga yarasha sarf-harajatlari mavjud.

- CHipta sotish uchun mo'ljallangan kassa do'konlar soni ko'paytiriladimi? CHunki hozir bu borada qiyinchiliklarga duch kelyapmiz?

- Stadion xududida 4ta kassa do'koni mavjud. Bundan tashqari “Damas” avtomashinalarida ham chipta sotuvini yo'lga qo'yamiz. Afisha chiqarib, avtoulovlarda tuman va bozor hududlarga borib, chipta sotuvini joriy etishni rejalashtirganmiz. Umid qilamizki, shunda tumanlardan keladigan muxlislar uchun ham biroz bo'lsada qulaylik yaratiladi. Ushbu masala yuzasidan xodimlar olganmiz. Bizga qancha ko'p muxlis kelsa, shuncha yaxshi

- U xolda muxlislar uchun lotoreya va shunga o'xshash ko'ngilochar tadbirlar bo'ladimi?

- Buni o'ylab qo'yganmiz. Albatta tashkil qilamiz.

- Qachondan foydalanishga topshirilishi mumkin?

- Bunga aniq javobni hozir aytish qiyin. Maxsus yoritkichning barchasi butunlay o'rnatib bo'lingan keyin, malum bo'ladi. Nasib qilsa joriy mavsum ochilishiga umid qilmoqdamiz.

- Qachongacha “Neftchi”ni o'yinini ko'rish uchun Qo'qonga boramiz?  

- Yangi stadionimiz foydalanishga topshirilganidan so'ng, bormaysiz. SHundan so'ng qo'qonliklarni Farg'onaga taklif qilamiz (shu erda biroz kulgu - muallif).  

- Maydonning xolati qay darajada?

- CHimni yaxshi xolatda deyish mumkin. Qarov bo'lyapti.

Muxlislar yana bir qator savollarga javob oldi. Stadion direktori I.Sobitov yangi stadionda ishqibozlar klubi uchun maxsus sektor ajratilishini takidlab o'tdi. Keyingi mavsumdan boshlab, 12-raqam muxlislar uchun ekanligini ham aytib o'tildi. Ishqibozlarni esa yangi stadionda tartibli va har tomonlama namunali bo'lishlari talab etilishi alohida takidlandi. Stadionda shuningdek OAV xodimlari uchun ham barcha qulayliklar yaratilgani aytildi.

Bundan tashqari jamoaga oid qator savollar bilan muxlislar “Neftchi” klubi raisi Tohir Kapadzega ham murojaat etishdi. Bu haqda keyinroq saytimizda batafsil o'qishingiz mumkin. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика