So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  1 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

Neftchi muvaffaqiyatsizligining 5 sababi Yangiliklar

Neftchi muvaffaqiyatsizligining 5 sababi

Teglar :  Neftchi
Oliy Liganing 7-turigacha chempionatda g'alaba qozonmagan yagona jamoa – Farg'onaning Neftchi klubi bo'lib turgandi.

So'nggi turda Jizzaxda So'g'diyona ustidan minimal hisobda g'alabaga erishgan Andrey Fedorov jamoasi nihoyat turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasini tark etib, 15-o'rindan joy oldi. Yil boshida o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan Neftchining mavsum startini bu qadar yomon boshlashiga nima sabab bo'ldi? Quyida ushbu savollarga javob izlashgan intildik.

Muvaffaqiyatsiz selekciya

Farg'ona klubi mamlakatimizning eng nomdor klublaridan biri sanaladi. SHunga monand ravishda jamoa har yili o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Joriy yilda ham klub rahbariyati Andrey Fedorov boshchiligidagi murabbiylar shtabi oldiga raqobatdosh jamoani shakllantirish va chempionatda yuqori o'rinlarni olish vazifasini belgilagan edi. SHunga yarasha jamoaning tayyorgarligi va tarkibi kuchaytirildi. Afsuski, olib borilgan selekciya ishlarini hozircha muvaffaqiyatli deb bo'lmaydi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, jamoa Mansur Saidov, SHukurali Po'latov, Alisher Samatov, Jahongir Mehmonov, Sardor Rahmonov, Murod Bobojonov, Akmal Xolmatov, Damir Nizanov va Abdujamol Isroilovlar bilan xayrlashdi.

Ularning o'ringa taklif etilgan Hamza Karimov, Muzaffar Muzaffarov, Muydin Mamazulunov, Rizo Ayvazov, Akrom Bahriddinov, Said Abdujabborov singari futbolchilar esa hali hamon o'zlarini ko'rsata olishmayapti. Legionerlar alohida mavzu.

Neftchiga kerak bo'lmay qolgan futbolchilar esa Oliy Liganing boshqa klublarida javlon urishmoqda. Mansur Saidov, SHukurali Po'latovlar alohida mavzu, qolgan futbolchilarga etibor bering. Neftchidan Navbahorga o'tgan Jahongir Mehmonov, Alisher Samatovlar so'nggi to'rt tur davomida Navbahor safida birorta ham gol o'tkazmay, Namangan klubining 3-pog'onadan joy olishiga munosib hissa qo'shishmoqda.

Farg'onani tark etgan Sardor Rahmonov Mashal safida o'z gollari bilan Muborak klubining etakchi himoyachisiga aylanib oldi. CHempionat oldidan Neftchiga sig'magan Abdujamol Isroilov va Damir Nizanovlar bugungi kunda Dinamoning etakchi yarimhimoyachilari sifatida gavdalanib, Samarqand klubi bilan mavsum kashfiyotiga aylanib ulgurishdi. Fedorov tarkib tanlash borasida jiddiy xatolarga yo'l qo'yganligini sobiq futbolchilar o'z o'yinlari bilan isbotlashmoqda.

Mansur Saidov
Farg'ona futboli ramziga aylangan Mansur Saidov Yuriy Sarkisyan klubni tark etganidan buyon Neftchiga deyarli kerak bo'lmay qolgandek. Yil boshida futbolchi Farg'ona klubi bilan kelisha olmagach, unga darhol bir qator klublar taklif bilan chiqqan va ular orasidan Saidov Qizilqum safiga borib qo'shilgandi. Ko'p o'tmay esa, Navbahor murabbiylari va rahbariyatining say-harakatlari bilan Mansur Namangan klubida mavsumni boshladi. Qizig'i, Mansur Neftchi murabbiylariga kerak bo'lmay qolgan bir paytda, Navbahor bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov Saidovni Oliy Ligani eng yaxshi besh yarimhimoyachilaridan biri deya etirof etdi. SHunga javoban farg'onalik futbolchi ajoyib o'yinlari bilan Navbahor safida mavsumni yuqori kayfiyatda o'tkazmoqda.

Parchalangan himoya
Joriy mavsum oldidan Neftchi murabbiylar shtabi qo'l ostidagi futbolchilarga, aniqrog'i himoya chizig'iga munosib baho bera olmadi. O'z vaqtida mohir himoyachi bo'lgan Andrey Fedorov SHukurali Po'latov, Jahongir Mehmonov, Alisher Samatov, Sardor Rahmonov singari himoya chizig'iga ega bo'la turib, yangi mavsumda ulardan birortasini tarkibda olib qolmadi. Jamoa sardori bo'lgan etakchi himoyachi Po'latov Navoiy klubida munosib to'p surayotgan bo'lsa, Mehmonov, Samatovlar Namanganda, Rahmonov esa Muborakda o'z baxtini topdi.

Turkiya yig'ini
Aslida esa Farg'ona klubi rahbariyati Neftchiga vodiyning bayroqdor klubi bo'lib qolishi uchun barcha imkoniyatni yaratib bergan edi. Navbahor, Qo'qon-1912 klublari ham xorijda yig'in o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lsalarda, safar xarajatlari o'rniga tarkibni kuchaytirishdi. Neftchi esa Turkiyada ikki haftalik yig'in tashkil etib, yuqori darajada tayyorgarlik ko'rishni lozim topdi. Xorij yig'ini qay darajada tayyorgarlik vazifasini o'taganligi mavsum startidayoq ko'rindi – jamoa hozirda 15-o'rinda bormoqda. Vodiyning ikki klubi Qo'qon-1912 va Navbahor esa Toshkentda yig'in tashkil etib ham 2-3-o'rinlarda yurish mumkinligini isbotlashmoqda.

Xorijiy yig'inlar klublarimiz uchun avvalo mavsum startini muvaffaqiyatli boshlash uchun tashkil etilsada, Neftchi ham Metallurg, Olmaliq, Paxtakor singari xorijda nima bilan ovora bo'lganligi mavhumligicha qolmoqda. Jiddiy tayyorgarlik bilan desangiz, bu klublar ko'rsatayotgan natija aksincha xulosaga sabab bo'lmoqda.

Legionerlar
Oliy Ligadagi legionerlar uchun PFL reglamentida har qancha yuqori talablar qo'yilmasin, klublarimizda saviyasiz legionning paydo bo'lishi yo'qolmayapti. Andrey Fedorov mavsum oldidan Turkiyadagi yig'inda kuchli sparring raqiblar bilan bahslardan keyin Neftchiga katta yordami tegadigan uchta legioner taklif etilganligini aytgandi. Bular Dmitriy Komarovskiy, Sergey Koncevoy va Terentiy Lucevichlardir. Afsuski, chempionatning dastlabki qismi ushbu transferlar muvaffaqiyatli bo'layotganligini ko'rsatmayapti. Har holda jamoaning natijasi shundan darak bermoqda.

SHu o'rinda savol tug'iladi: Yuriy Sarkisyan davrida Farg'ona futboli vakillariga ishonch bildirgan va sovrindorlar safida bo'lgan Neftchi bugunga kelib nega mahalliy futbolchilar o'rniga chet el xo'rozqandlarini maqul ko'rmoqda? Farg'ona futboli yuzi bo'lmish Neftchining muvaffaqiyatsizliklariga o'z tarbiyalanuvchilarini sargardon qilayotganligi sabab bo'lmayaptimikan?

Baxtiyor, Erudit Sport gazetasi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика