So’nggi yangiliklar

22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  3 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  3 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  216 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  8 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12 17:54Ўзбекистон Суперкубоги-2025. "Бунёдкор" стадиони учрашувга шай ҳолатда  2

“Neftchi” “Metallurg”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Neftchi” “Metallurg”ni mag'lub etdi

Teglar :  MetallurgNeftchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Toshkentdagi yig'in doirasida Bekobodning “Metallurg” jamoasini mag'lubiyatga uchratdi.

O'yinda 0:1 hisobi kuzatildi.

Bahs avvalidagi bir qator etiborga molik masalalarga urg'u berib o'tamiz. Kuni kecha jamoa safiga kelib qo'shilgan Murodbek Bobojonov bahsda ishtirok eta olmadi. Unda jiddiy bo'lmagan engil jarohat mavjud. Biroq Bobojonov bir kun oldingi mashg'ulotlarda to'liq qatnashdi va uning salomatligida muammo yo'q. SHuningdek, Sergey SHevchuk ham biroz betob. SHu sababli ushbu futbolchilar “Metallurg” bilan o'yinda ishtirok eta olmadi.

Jamoa safiga yangi futbolchilar qo'shildi. O'tgan mavsumlar davomida Farg'ona klubida faoliyat olib borgan darvozabon Abdumavlon Abdujalilov yana klubga qaytdi. SHu qatori tajribali himoyachi Avaz Agaliev hamda “Mashal”dagi o'yinlari orqali farg'onalik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Iskandar SHoyqulov “Neftchi” jamoasiga qo'shildi.

O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, “Neftchi”ga kelgani ko'p bo'lmagan ukrainalik hujumchi Oleksandr Derebchinskiy bahsni asosiy tarkibda boshladi va ilk o'yinini o'tkazdi. O'yindan bir kun avval Qibrayda yomg'ir yoqqan uchun maydonning holati yaxshi emas edi. SHu sababli futbolchilar o'yinni tashkillash, umuman olganda o'z imkoniyatlarini ko'rsatish borasida qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasida “Metallurg” jamoasi ustunlikka ega bo'ldi. Lekin taym o'rtalariga kelib “Neftchi” ustunlikni qo'lga ola boshladi va ketma-ket hujumlarni amalga oshirdi. Biroq birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda murabbiylar YU Kuboki,  Derebchinskiy va Abdulhaqovga dam berishdi. Zahiradan yangi kuchlar qo'shildi. Anvar Berdiev, Elyor Mamasoliev hamda Sunatillo Ermatovlar o'yinning ikkinchi qismi qahramonlariga aylanishdi. Bevosita Elyor Mamasoliev bir necha marta raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketgan bo'lsa, Anvar Berdievda ham qulay vaziyatlar yuzaga keldi.


Vaziyatlarning birida Elyor Mamasoliev “Metallurg” jarima maydonchasiga yorib kirdi. Biroq uni bekobodlik himoyachilar o'ta qo'pollik bilan to'xtatishdi. Vaziyatni hakam penalti deb baholadi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Abbos Maxstaliev to'pni yuqoriga tepib yubordi va vaziyatdan foydalana olmadi. Ammo keyinchalik Abbos baribir o'z aybini yuvdi. Tezkor futbolchi qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va markazda turgan Anvar Berdievga to'pni tashladi.  Berdiev esa bor kuchi bilan darvoza tomon zarba berdi. Darvozabon bu zarbani qaytarishga ojizlik qildi. 0:1

O'yinning qolgan daqiqalari ham hujumlarga boy o'tdi. Biroq boshqa gol kuzatilmadi.


“Neftchi” – “Metallurg” – 1:0 (0:0). Qibray tumani stadioni.
Hakam: 
Elyor Tursunov.
Inspektor: Baxtiyor Namozov.

Gol: Anvar Berdiev

"Neftchi": Vitaliy Mirnyy, Jalil Kimsanov, SHukurali Po'latov, Avaz Agaliev, Davron Mamatov, Abbos Maxstaliev, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov, Abdulaziz Yusupov, Aleksandr Derebchinskiy, YU Kuboki

Zaxira: Farrux Turdaliev, Abdumavlon Abdujalilov, Jamshid Qobilov, Avazbek O'lmasaliev, Elyor Mamasoliev, Otabek Ahmadjonov, Sunatillo Ermatov,  Anvar Berdiev


"Metallurg": Zafar Safaev, Abror Husinov, Abbos Otaxonov, SHerzod Fayziev, Dilyorbek Irmatov, SHahzod SHaymanov, Akbar Ismatullaev, Ixtiyor Toshpo'latov, Muhammad Isaev, Jasur Hasanov, Zohid Abdullaev.
Zaxira: Abror Toshqo'ziev, Pavel Smolyachenko, Sohibjamol Davlatjonov, Suhrob Nurullaev, Xudoyshukur Sattorov, Andrey SHipilov-junior, Pavel Purishkin, Zabixillo O'rinboev, Alisher Ziyovuddinov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика