So’nggi yangiliklar

20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:45Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляциялари)  3 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  3 19:09"Страсбур" "Челси" футболчисини ижарага олди  1 18:45Расман: "Фулхэм" "Арсенал" футболчисини харид қилди  0 17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  2 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  3

"Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvi haqida batafsil Yangiliklar

"Neftchi" - "Lokomotiv" uchrashuvi haqida batafsil

17 turning eng qiziqarli o'yini Farg'onada bo'lib o'tishi lozim edi. Sababi alamzada "Neftchi" bekobodliklarga ikki ochkoni "tuhfa" qilgan "Lokomotiv"ni qabul qilar edi.

Agar "Loko" mag'lubiyatga uchrasa chempionlik bilan deyarli xayrlashar, "Neftchi" esa OCHL yo'llanmasini "Bunyodkor"ga berib qo'yishi mumkin edi. Ko'rib turganingizdek bu o'yin ikki jamoa uchun o'ta muhim edi.

STADION VA MUXLIS

Avvalgi o'yinlarda chipta sotib olmay stadionga kirib ketayotgan muxlislar soni ko'payib ketganligi uchun bu safar hokimiyat tomonidan maxsus tekshiruvchilar qo'yilgan ekan. Uchrashuv suxandoni ikkinchi bo'limda stadionga 5210 nafar muxlis tashrif buyurganini aytdi. Aslida bu noto'g'ri malumot edi. O'yinni bevosita stadionda 10 000 nafardan sal ortiq muxlis kuzatayotgan edi. Markaziy sektorlar to'lib bo'lgan, faqat darvoza tepalarida bo'sh joylar mavjud edi. 

CHipta narxi 15 000 so'mdan. Aslida sektorlarning joylashuviga qarab narxlarni o'zgartirsa bo'ladi. Juda ko'pchilik muxlislar chipta narxidan noliyapti. 

Quvonarlisi shundaki, stadion atrofida muxlislar uchun yaratilgan sharoitlar yaxshilangan. Marketing tomonidani olib borilayotgan ishlar chakki emas. 

Lekin tomoshabinlar sonini nima uchun kamaytirib etishlarini tushumandik. Huddi shunday holat "Navbahor"da ham kuzatilyapti. Klub o'yinlariga o'rtacha 8-10 ming nafar muxlis kelsada ularni sonini kamaytirib yozishyapti.


 

O'YIN

"Neftchi" 5, "Lokomotiv" esa 3 nafar himoyachi bilan maydonga tushdi. Kichik tanaffusdan keyin Yanichich maydonga qaytgan edi. Kichik Jasur Hasanov ko'p hollarda himoyaga qaytib o'ynashi kerak edi. Temur Hasanov va Jasur Hasanov (O) zaxirada qoldilar. Murod Ismoilov esa Muhsin Ubaydullaevni himoyaga qo'shib Ro'zimboy Ahmedovni zaxirada qoldirdi. Javohir Rasulov o'rniga esa Umid Qodirov maydonga tushdi.

"Lokomotiv" o'yinni dastlabki daqiqalaridanoq tashabbusni qo'lga olishga urindi. Asosan to'p ularning nazoratlarida bo'lsada, hujum shiddatli emas edi. Birinchi bo'limda ikkita gol ko'rdik, ikkisida ham jarima maydoni ichidagi pala partishliklar natijasida to'plar darvozalar to'ridan joy oldi. 

Yana maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'lib borayotgan Dilshod Rahmatullaev birinchi bo'limda boshqalarga nisbatan ancha faol harakat qildi. "Neftchi"dan esa Maxsitaliev va 39 yoshni qarshi olgan Xolmatov bir o'yin tempini ushlab turishdi. Ayniqsa Maxsitalievning qanotdagi reydlari ko'p bo'ldi. Faqat uni to'g'ri tushuna oladigan markaziy yarim himoyachining yo'qligi chakki bo'ldi. Hujum chizig'ida gol urgan bo'lsada Bobojonovni o'yini deyarli chiqmadi. 

 


  

PENALTI, AUT, OFSAYD...

SHu kuni navoiylik hakam Rustam Bobomurodovga qanotlarda Samandarov va Jumaev yordam berdilar. Ular ham Navoiydan. Ammo uchrashuvning saviyasiga hakamlarning saviyasi to'liq javob bera olmadi. Garchand ular uchrashuv nazoratchisi tomonidan 4 bahoga loyiq ko'rilgan bo'lsalarda, o'yindagi sifat bahoga mos emas edi. 

Jumaev "Lokomotiv" zarariga ikki marotaba qaror chiqargan bo'lsa, Samandarov "Neftchi" zarariga ofsaydda adashdi. Ikkinchi bo'limda Jumaev ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'ydi. Hisob 1:1 bo'lib turgan payti Kashkaval "Neftchi" jarima maydonchasi ichida Kapadzening orqasidan tashlanib uni yiqitdi. Bu vaziyatga yaqin turgan Jumaev qaror chiqarishni Bobomurodovga qo'yib berdi. Bosh hakam esa vaziyatni aniq ko'ra olmaganligi uchun bo'lsa kerak uni etiborsiz qoldirdi. Ko'p o'tmay Jumaev to'p bilan ketayotgan "Neftchi" futbolchisini to'xtatib "Lokomotiv" foydasiga aut belgiladi. Bu erda to'p hech qanaqasiga maydon tashqarisiga chiqib ketmagan edi. Natijada muxlislarning hayqirig'iga sabab bo'lgan qanot hakamining aybini yuvish maqsadida Bobomurodov to'pni ikki jamoa futbolchilarini chaqirib ularning orasiga tashlab berdi. "Neftchi" vakili to'pni tashqariga tepib yubordi, ammo sal avval noto'g'ri qaror tufayli ularning hujumlari to'xtatilgan edi.

Hakamlarning qarorlari 3ta golga tasir o'tkazmagan bo'lsada, bunday o'yinlarga saviyali guruhni qo'yish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Yoki Bobomurodov o'zi uchun yangi jamoa tuzishi lozim. Aks holda hech qachon Ermatov, Ceytlin, Kovalenko darajasiga chiqa olmaydi. Yuqoridagi hakamlarning ustunligi, qanot hakamlarining o'zlaridan kam bo'lmagan saviyaga ega ekanliklaridadir.




Bu vaziyatda Abbos To'raevni ishtonidan tortayotgan edi. Ko'p o'tmay maydonga yiqilgan Maxsitaliev hakam tomonidan rag'batlantirildi.


 

Bu erda u to'p bilan ketayotgan "Neftchi" ftbolchisini xato tufayli to'xtatib qoldi

81-DAQIQA

78-daqiqada kichik Jasur Hasanov o'rniga maydonga tushgan Mo'ydin Mamazulunov ko'p o'tmay "Lokomotiv"ga qimmatli bo'lgan uch ochkoni taqdim etdi. 81-daqiqada Sardor Rahmonov o'z jarima maydonchasi ichidan to'pni tepib yuborish o'rniga "Lokomotiv" azosini aldamoqchi bo'ldi va to'pni unga oldirib qo'ydi. Bu yog'i tiki-taka va to'p Mamazulunovning oyog'ida, gol! Bu vaziyatda hammadan ham Akmal Xolmatovga achinish mumkin edi. 39ga kirib yoshlardan ko'ra ko'proq chopib tursang-u, yo'q joydan gol o'tkazib yuborsang yomon alam qiladi. 
 


 

4 OCHKO

Xuddi shunday farq bilan "Lokomotiv" birinchi o'rindagi "Paxtakor"dan ortda qolyapti, xuddi shunday ochko bilan "Bunyodkor" farg'onaliklarni ortda qoldiryapti. "Lokomotiv" uchun ham, "Neftchi" uchun 4 ochkoni bartaraf etish juda ham muhim. Boisi ularning birining oldiga chempionlik, ikkinchisiga esa OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifa etib qo'yilgan. 

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchilari:

Abbos Maxsitaliev ("Neftchi") - Dilshod Rahmatullaev ("Lokomotiv")


 

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика