"Neftchi" lageridan daraklar. Ilhom Mo'minjonov o'z arizasiga ko'ra "Neftchi"dan ketdi
02 iyu 2022 13:39
Yangiliklar
"Neftchi" lageridan daraklar. Ilhom Mo'minjonov o'z arizasiga ko'ra "Neftchi"dan ketdi
Bizga etib kelgan malumotlarga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov o'z arizasiga ko'ra ishdan ketgan. Ushbu mutaxassis 2021 yil boshida "Neftchi" bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning boshqaruvida farg'onaliklar o'tgan mavsum Pro ligada g'olib chiqib Superligaga yo'llanma oldi.
Joriy yil elitaning birinchi davrasidan so'ng "Neftchi" 13ta uchrashuvda 2ta g'alaba, 5ta durang, 6ta mag'lubiyat qayd etgan holda 11 ochko bilan 13 o'rinda ketmoqda. O'zbekiston kubogida esa o'z ishtirokini guruh bosqichida yakunladi.
"Neftchi"ga qadar Ilhom Mo'minjonov "Navbahor" va qisqa vaqt "Surxon" jamoasida faoliyat yuritganini aytib o'tish joiz.

Yana bir malumot, klub bosh direktori Zohid G'ofurov ham bo'shash uchun ariza yozgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar