"Neftchi": Kirish chiptalari arzonlashtirildi

Narzulla Saydullayev
10 apr 2018, 14:21
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi Superliganing 6-turida “Buxoro” klubini qabul qiladi.

“Istiqlol” markaziy stadioni marketing xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, mazkur o'yindan boshlab kirish chiptalari arzonlashtirildi. Yani o'yingohning markaziy sektorlari 10 000 so'mdan bo'lsa, boshqa sektorlar 7 000 so'mdan belgilandi.

Eslatib o'tamiz, 12 aprel kuni mazkur stadionda “Neftchi” – “Buxoro” bellashuvi bo'lib o'tadi. O'yin soat 20:00da boshlanadi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Нефтчи” матбуот хизмати