"Neftchi": Kechagi mashg'ulotdan fotomaqola
11 mar 2016 07:51
Yangiliklar


"Neftchi": Kechagi mashg'ulotdan fotomaqola
10 mart kuni tushdan so'ng “Istiqlol”da shug'ullangan Fyodorov shogirdlari “Navbahor”ga qarshi bahsga jiddiy tayyorlanishmoqda. Murod Bobojonov ham umumiy guruhga qo'shildi. Baxtiyor Yoqubov esa xamon yakka guruh bo'lib shug'ullanyapti. Quyida jamoaning mashg'ulotlaridan tayyorlangan fotomaqolarini tomosha qilishingiz mumkin.
Jahongir Mehmonov – mexnatkash himoyachi.
O'tkir Yusupov to'pga zarba bermoqda.
Mansur Saidovni ham “Navbahor”ga qarshi maydonga qaytishi kutilmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov yigitlarga navbatdagi mashqlar borasida ko'rsatma beryapti.
Hujumchi Murod Bobojonov mashg'ulotda ancha faol. Barcha hujumchilarimiz qatori undan ham "Vodiy derbisi"da gol kutib qolamiz!
Ko'rib turganingizdek, chimning holati yomon emas.
Aleksey Estafeev va Abdusamad Do'rmonov
Alisher Samatov yosh jamoadoshi Muxsin Ubaydullevga qarshi...
Nasib qilsa, Baxtiyor Yoqubovni "Lokomotiv"ga qarshi 3-tur o'yinida maydonda ko'ramiz.
Mashg'ulotlar chog'ida Damir Nizanov burchak to'pi tepmoqda
Fotomaqolani Hojiakbar Jabborov tayyorladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar