“Neftchi” jamoasi Jalolobodga etib bordi
08 iyu 2018 14:54
Yangiliklar


“Neftchi” jamoasi Jalolobodga etib bordi
Bugun ertalabdan Qirg'izistonning Jalolobod shahriga yo'l olgan “Neftchi” jamoasi biroz avval manzilga etib keldi.
Qo'shni mamlakat chegarasida “Neftchi” PFK delegaciyasini Qo'chqorotaning “Neftchi” klubi vakillari kutib olishdi va Jalolobod shahri tomon boshlashdi. Aytish kerakki, qirg'izistonliklar Farg'ona jamoasini juda iliq va samimiy ruhda qarshi olishdi.
Takidlash joiz, Farg'onaning “Neftchi” jamoasi va Qo'chqorotaning “Neftchi” klublari o'rtasidagi o'rtoqlik bahsini o'tkazishdan maqsad yon qo'shnilar bilan iliq munosabatlarni davom ettirish shuningdek qardosh xalqlarga sport borasida ham tajriba almashishlarida katta ko'mak beradi.
8 iyun kungi bellashuvga Qirg'izistonning Jalolobod shahri mezbonlik qiladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 17:30 da start oladi.
Baxodir Ergashev
Jalolobod shahridan
O’xshash yangiliklar

Fikrlar