"Neftchi" futbolchisi Avazbek O'lmasaliev: "Xursandchiligimning chek-chegarasi yo'q"
20 noy 2017 10:22
Yangiliklar
"Neftchi" futbolchisi Avazbek O'lmasaliev: "Xursandchiligimning chek-chegarasi yo'q"
"Neftchi" hamda "Mashal" jamoalari (2:1 )o'rtasidagi bahsdan so'ng farg'onaliklar himoyachisi Avazbek O'lmasaliev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Ochig'i, g'alabadan juda xursandman. Futbolchi uchun jamoasi foydasiga gol kiritish hamisha yoqimli bo'ladi. "Neftchi" safida debyut golimni urdim. Hozir xursandchiligimning chek-chegarasi yo'q desa ham bo'ladi. Ahil jamoaga egamiz. Aynan mana shu jihat bugun yana bir bor o'z so'zini aytdi. Yosh bo'lishimga qaramay, menga ishonch bildirayotgan murabbiylarimizga rahmat aytib qolaman. Keyingi bahslarda ham ishonchli o'yin namoyish etib, o'z ustimda ishlashda davom etaman, - dedi Avazbek O'lmasaliev.
"Neftchi" PFK matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar