So’nggi yangiliklar

07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  0 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  32 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3 01:10Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Ҳилол" ва "Иттифоқ"да ғалаба, Роналду ва "Ал Насср" яна мағлуб бўлди  7 00:43Ироқ юлдузлар лигаси. "Эрбил" Темировнинг дубли эвазига меҳмонда ғалабага эришди, ҳамюртимиз тўпурарлар пойгасида яққол етакчилик қилмоқда  5 23:59"Арсенал" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  14 23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  2 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  10 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  3

"Neftchi": EVRO-2016da qaysi termaga muxlislik qilamiz ? Yangiliklar

"Neftchi": EVRO-2016da qaysi termaga muxlislik qilamiz ?

Futbol ishqibozlari qatori yashil maydonda javlon urib to'p tepadigan professional futbolchilar ham televediniya orqali sport musobaqalarini doim ham kuzatib boradi deb ishonch bilan gapirish noto'g'ri bo'lsa kerak.


Xatto yaqinda “Barselona” hujumchisi Neymar futbol uchrashuvlarini televediniyada tomosha qilishga umuman toqati yo'qligin aytib ko'pchilikni xayratga soldi. Haqiqat ham professional futbolchilar, TV orqali o'yinlarni muntazam ko'rishmaydi ? Nahotki ?

Xabaringiz bor, yaqinda Franciya yashil maydonlarida navbatdagi Evropa chempionati bahslari start oladi. Biz esa Farg'onaning “Neftchi” klubi futbolchilarini aynan mazkur turnirni qay darajada kuzatishlariga qiziqib ko'rdik.  Biroq futbolchilarning ko'pchilik mazkur yirik turnirni yuqori qiziqish bilan kuzatishlari malum qilishdi. Qiziq, ular EVROda qaysi termaga muxlislik qilishadi ? Quyida mazkur savolga javob berishga harakat qilamiz.

O'tkir Yusupov. Istedodli posbon turnir davomida Germaniya hamda Ispaniya terma jamoalariga muxlislik qiladi. Xar xolda O'tkirni Devid De Xea, Noyer yoki bo'lmasa Iker Kasilyaslarning harakatlari alohida kuzatishini tahmin qilish mumkin.

Abdumavlon Abdujalilov. Yuqoridagi posbonning apmluadoshi esa Rossiya terma jamoasiga muxlislik qilishini aytdi. Balki Abdumavlonning kumiri Akinfeevdir? Qiziq?  SHuningdek, Sergey Smorodin ham Rossiya terma jamoasiga muxlislik qiladi.

Jahongir Mehmonov. 32 raqam sohibi inglizlar bosh jamoasiga ishqibozlik qiladi. Yomon tanlov emas. To'g'rimi ?

SHukur Po'latov. Markaziya himoyachi turnirni germaniyalik yutib olishiga ishonmoqda. Biroq amaldagi jahon chempioniga bu vazifani uddalash oson bo'lmasligi aniq.

Husniddin G'ofurov. “Neftchi”dagi O'zbekiston yoshlar terma vakili mazkur turnirda Ispaniya milliy terma jamoasiga ishqibozlik qiladi.

Sardor Qulmatov. Yosh himoyachi Dide Deshamning “Uch ranglilar”iga, yani Franciya bosh jamoasini qo'llaydi.

Muxsin Ubaydullaev. Universiada-2016da Farg'ona terma jamoasini bosh sovrindan mosivo bo'lishiga asosiy “sababchi” Angliya terma jamoasiga ishqiboz ekanligin aytdi.

Javohir Rasulov. Ko'pchilik singari Rasulov ham musobaqa mezboni Franciya terma jamoasini g'olib bo'lishiga ishonmoqda. Haqiqat ham turnir mezbonlar ajobiy tarkib bilan EVRO-2016ga etib kelishmoqda.

Abbos Maxstaliev. Hujumkor yarim himoyachi Germaniya hamda Ispaniya variantini tanlagan. Qiziq, agar ular finalda to'qnash kelsa, Maxstaliev qanday qaror qiladi ?

Mansur Saidov. Jamoamiz “motori” Evropa chempionati bahslarini xolis tomosha qilishga axd qildi. Fikrimizcha, yarim himoyachi yulduzlarga boy turnirdagi chiroyli futboldan shunchaki bahra olmoqchi.

Baxtiyor Yoqubov. “Saidov-Yoqubov” tandemining yana bir vakili  Germaniya futbolchilariga muxlislik qilishga qaror qildi.

SHerzod Hakimov. Hujumkor futbolchi Roy Xojson murabbiyligidagi Angliya terma jamoasini eng kuchlilardan biri deb hisoblaydi va turnirda inglizlarga ishqibozlik qilishini malum qilgan.

Otabek Isroilov. Hujumchimiz uzoqqa borib o'tirmay, Rossiya milliy terma jamoasini tanladi.

Murod Bobojonov. Germaniya hamda Portugaliya. “Neftchi”ning yana bir hujumchisi ikki hujumkor terma jamoa variantiga to'xtalgan.

“Neftchi” PFKning mutasaddi va murabbiylari esa quyidagi jamoalarga muxlislik qilishadi.

“Neftchi” PFK raisi Rustam Abdullaev – Ispaniya

Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov – Rossiya hamda Franciya

Jamoa katta murabbiyi Murod Ismoilov – Ispaniya

Klub texnik direktori SHerzod Raimjonov– Germaniya va Italiya

Klub administatori Zoxidbek G'ofurov – Italiya.

Jamoa murabbiyi Bahrom Haydarov – Germaniya

Jamoa murabbiyi Abdusamad Do'rmonov – Germaniya

Yoshlar jamoasi murabbiyi Diyor Alijonov – Ispaniya

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика