So’nggi yangiliklar

14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3

Neftchi: Ertaga jamoa Qirgulida yig'iladi Yangiliklar

Neftchi: Ertaga jamoa Qirgulida yig'iladi

Teglar :  Neftchi
26 dekabr kuni bo'lib o'tgan Yangi yil bayramidan so'ng “Neftchi” futbolchilari qisqa tatilga yo'l olishgan edi.

Ertaga “Neftchi” yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish uchun Qirgulidagi bazada yig'iladi. Bu yig'inda O'zbekiston OTJ bilan xorijga yo'l olgan Sardor Rahmonov, Abdumavlon Abdujalilov va Doston Tursunovlar ishtirok etishmaydi. Ular Osiyo chempionatidan so'ng tarkibga qo'shilishadi. SHuningdek, Muxsin Ubaydullaevning ham Farg'onaga qaytishi kutilmoqda. Jamoa rahbariyati o'tgan mavsumda “Neftchi” tarkibida harakat qilgan aksariyat futbolchilarni tarkibda saqlab qolishni reja qilgan. SHuningdek, ayni paytda shartnomasi nihoyasiga etgan futbolchilar bilan yangi kelishuvlar borasida muzokaralar ketmoqda.  

“Neftchi” o'tgan mavsumni chempionatimizning eng kuchli 4 ta jamoasidan keyingi o'rinda  yakunladi. Jamoa futbolchilari bu yilgi chempionatda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, xar bir o'yinda zafar quchgan holda farg'onalik muxlislarni xushnud etish niyatida. Albatta, bu borada muxlislarning qo'llab-quvvatlashi, daldasi beqiyosdir.

Ertaga Qirgulida yig'in boshlanadi. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ayni paytda Moskvada. Murabbiy ertaga tong sahar Moskva – Farg'ona yo'nalishi bo'yicha Farg'ona shahriga etib keladi va yangi yildagi ilk yig'inda futbolchilarga o'zi boshchilik qiladi. “Neftchi” tarkibdagi o'zgarishlar, jamoani tark etganlar xususida keyinroq xabar beramiz.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика