

Bugun jamoa a'zolariga bir kunlik tatil berildi. Ertadan esa futbolchilar Qirgulidagi qarorgohda jam bo'lishadi va yana mashg'ulotlar boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Kovshov shogirdlari Superliganing ilk turida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qilishadi. Uchrashuv 1 mart kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.




