"Neftchi": Doston Tursunov yana yoshlar terma jamoasi yig'iniga jo'nab ketdi
03 iyu 2014 12:44
Yangiliklar
"Neftchi": Doston Tursunov yana yoshlar terma jamoasi yig'iniga jo'nab ketdi
O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 2 iyul, chorshanba kuni Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
1995 va undan keyingi yillarda tug'ilgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentda to'rt kun davomida mashg'ulot o'tkazadi va 6 iyul kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahriga uchib ketadi.
Etiborlisi ushbu yig'inga "Neftchi" himoyachisi Doston Tursunov ham taklif etilgan. Aytish kerakki, futbolchimiz U-19 yoshlar terma jamoamizning avvalgi yig'inlarida ham ishtirok etgan.
O'FF rasmiy saytida xabar berilishicha, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlari 8 va 11 iyul kunlari Budapeshtda Vengriya U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Ikkala o'yin ham Budapeshtdagi Global Sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Fikrlar