So’nggi yangiliklar

08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  0 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  3 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  13 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  11 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  9

“Neftchi” – “Buxoro”: 48-uchrashuvga Farg'ona mezbonlik qiladi Yangiliklar

“Neftchi” – “Buxoro”: 48-uchrashuvga Farg'ona mezbonlik qiladi

Teglar :  NeftchiBuxoro
Oliy ligamizda ko'p sonli ashaddiy muxlislarga ega bo'lgan “Neftchi” hamda “Buxoro” klublari 27-turda yana to'qnash kelishmoqda.

Yangi mavsum avvalida o'z tarkibini sezilarli darajada kuchaytirgan va ancha raqobatdosh jamoa shakllantirgan buxoroliklar bu yilgi mavsumda mazmunli o'yin va ijobiy natijalar qayd etishmoqda. Oliy liga-2016ning etakchi jamoasi 27-turda Farg'onada mehmon bo'ladi. Quyida ushbu raqiblarning o'zaro o'yinlariga doir malumotlarni keltirib o'tamiz.
 
O'ZARO O'YINLAR:

Milliy futbolimizda o'z o'rniga ega bo'lgan “Neftchi” hamda “Buxoro” klublari Oliy ligada 47 marta g'oliblik yo'lida kurash olib borishgan. Mazkur raqiblarning o'zaro statistik malumotlarida “Neftchi”ning ijobiy natijalariga guvohi bo'lishimiz mumkin. O'tkazilgan uchrashuvlarning 34 tasida Andrey Fyodorov shogirdlari o'z zafarlarini nishonlashgan. Jamshid Saidov boshchiligidagi buxoroliklar esa 11 marta “Neftchi”ni uch ochkodan quruq qoldirishgan. 2 ta bahsda  tomonlar do'stlik ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 97:40. O'zaro o'yinlarda “Neftchi” 104 ochkoni, “Buxoro” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.Eng yirik hisoblar haqida gap ketganda, “Neftchi” Oliy ligada “Buxoro” ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Vodiy klubining eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 4:1 bo'lib turibdi.

BIRINCHI DAVRADAGI UCHRASHUV:

Ushbu mavsumda “Neftchi” hamda “Buxoro” klublari o'rtasidagi ilk o'yin Buxoro shahrida o'tkazildi. Ravshan Ermatov hakamlik qilgan bellashuvda buxorolik futbolchilar g'alabaga erishishgan. Bahs taqdirini Bahodir Pardaev hamda Aziz Ibragimovlar tomonidan kiritilgan to'plar hal etgan. 2:0.

FARG'ONADAGI O'YINLAR:  

Statistika shuni ko'rsatadiki, buxoroliklar Farg'onada xech qachon “Neftchi”ni yuta olishmagan. Umuman olganda “Buxoro” uchun Vodiy klubi uyidagi uchrashuvlar omadsiz kechgan. Andrey Fyodorov shogirdlari o'z maydonlarida bu raqibni muntazam mag'lub etib kelmoqda. 2015-yili “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tgan “Neftchi” – “Buxoro” bahsida ham farg'onaliklar Akmal Xolmatov mualliflik qilgan gol evaziga uch ochkoni rasmiylashtirishgan.

Farg'onada o'tgan so'nggi olti uchrashuv:

2015 Neftchi – Buxoro 1:0
2014 Neftchi – Buxoro 1:0
2013 Neftchi – Buxoro 1:0
2012 Neftchi – Buxoro 3:1
2011 Neftchi – Buxoro 2:0
2009 Neftchi – Buxoro 3:1

NAVBATDAGI BAHS:


“Buxoro” jamoasi Farg'ona safari oldidan ishonchli natija qayd etdi. Saidov jamoasi 26-turda Toshkentning “Lokomotiv” klubini mag'lub etdi. Umuman olganda, buxorolik futbolchilar Vodiyga yaxshi kayfiyatga etib kelishmoqda. “Neftchi” esa o'tgan turda Qo'qon jamoasidan mag'lub bo'ldi va navbatdagi uy uchrashuvida muxlislar ulardan g'alaba qozonishni talab etishlari aniq. Aynan shu omillarni inobatga olsak, “Istiqlol”da ancha qiziqarli va murosasiz o'yin bo'lishi tahmin qilish mumkin.
 
“Neftchi” (Farg'ona) – “Buxoro” (Buxoro)
29 oktyabr 2016. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 15:00
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).


“Neftchi” matbuot xizmati

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика