So’nggi yangiliklar

14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  1 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  7 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  9 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8

“Neftchi” – “Buxoro” 1:1 (O'yin sharhi) Yangiliklar

“Neftchi” – “Buxoro” 1:1 (O'yin sharhi)

Teglar :  NeftchiBuxoro
Bugun Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionining zaxira maydonida “Neftchi” hamda “Buxoro” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi.

 Mazkur o'yin hisob bo'yicha “Neftchi”ning uchinchi nazorat bahsi hisoblanadi. Bungacha Kovshov shogirdlari “Navbahor” (1:1) hamda “Metallurg” (0:1) bilan kuch sinashishdi. Toshkent shahrida kuchli qor yoqqani tufayli, bahs bir soat kech boshlandi.

“Neftchi” tarkibida o'zgarishlar davom etadi. Jamoa safiga yangi legioner futbolchi qo'shildi. Rossiyalik  hujumchi Vyacheslav Sushkin “Neftchi” ko'rigida bo'lib turibdi. Kecha “Metallurg” bilan bahsda maydonga tushgan Aleksandr Derebchinskiy esa ko'rikdan o'ta olmadi va o'z yurtiga qaytib ketdi. Darvozabon Vitaliy Mirnyyga esa shu kuni xordiq berildi. Murabbiylar shtabi Farrux Turdaliev va Abdumavlon Abdujalilov singari maxalliy darvozabonlarga imkoniyat berishdi.

Uchrashuvni “Neftchi” futbolchilari faol boshlashdi. Avvalgi o'yinlarga nisbatan farg'onaliklar bu o'yinni hujumkor tarzda olib borishdi. Vyacheslav Sushkin ilk o'yinida o'zining faolligi bilan ajralib turdi. Maydon qordan tozalangan bo'lsada, baribir ob-havo o'z tasirini o'tkazdi. O'yinchilar harakatlanishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Birinchi bo'limda Abdul Aziz Yusupov hamda Elyor Mamasoliev o'zining qanotdagi faolligi evaziga bir necha marta raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi. SHu kabi vaziyatlar Vyacheslav Sushkin va YU Kubokida ham kuzatildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalariga kelib “Neftchi” jamoasi hisob ochdi. Elyor Mamasaliev qanotda turgan Kubokiga to'pni tashladi. YU esa himoyachilarni aldab jarima maydonchasiga kirib borishga muvaffaq bo'ldi. Ammo uni qo'pollik bilan to'xtatishdi. Uchrashuv bosh hakami mazkur vaziyatda penalti belgiladi. Yaponiyalik futbolchi o'zi ishlagan standartni o'zi muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 1:0. Ko'p o'tmay “Buxoro” javob golini urdi. Ochig'ini aytish kerakki, bahsda juda qo'polliklar kuzatildi. Birinchi bo'limda “Buxoro” futbolchisi Robbim Hasanov “Neftchi” vakili Abdul Aziz Yusupovning oyoqlariga o'ta qo'pol tarzda tashlandi. SHu tufayli Yusupov o'yinni boshqa davom ettira olmadi. Ko'p o'tmay, buxoroliklar hisobni tenglashtirishdi. Artyom Filiposyan jarima to'pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi va darvozaning yuqori nuqtasiga joylab qo'ydi. Birinchi bo'lim 1:1 hisobida tugadi.

Afsuski, ikkinchi bo'lim to'liq bo'lib o'tmadi. Ikkinchi taymning boshida “Buxoro” futbolchisi Ergash Ismoilov farg'onaliklarning legioneri YU Kuboki bilan to'qnashib ketdi. Natijada buxorolik futbolchi xushini yo'qotdi. O'yinchining ahvoli jiddiy bo'lgani sababli o'yinni boshqa davom ettirishning xojati qolmadi. Unga darhol tibbiy yordam ko'rsatilib, shifoxonaga olib ketildi. Keyinchalik malum bo'lishicha, Ergash Ismoilovning ahvoli ancha yaxshi ekan.


“Neftchi” – “Buxoro” 1:1 (1:1)

Gollar: 
YU Kuboki – 1:0, Artem Filiposyan – 1:1

“Neftchi”: Farruh Turdaliev, SHukurali Po'latov, Davron Mamatov, Iskandar SHoyqulov, Avaz Agaliev, Sunatillo Ermatov, Abdujamol Isroilov, Elyor Mamasoliev, Abdulaziz Yusupov, YU Kuboki, Vyacheslav Sushkin
Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Avazbek O'lmasaliev, Jalil Kimsanov, Abror Ismoilov, Otabek Ahmadjonov, Jamshid Qobilov

“Buxoro”: Asilbek Amonov, Qaxramonov Javoxir, Bobir Amonov, SHavkat Salomov, Salomat Qutiboev, Sanat SHixov, Artem Filiposyan,Robbim Xasanov, Ergash Ismoilov, Akobir To'raev, Sergey Ruseckiy,
Zaxira: Akmal Tursunbaev, Nozim Umurov, Baxriddin Vaxobov, Amanov Arslanmurat,  Toxir SHamshitdinov, Raxmatullo Berdimurodov, Aziz Ibragimov

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика