"Neftchi": Bugundan yig'in davom etadi
26 jan 2017 07:46
Yangiliklar
"Neftchi": Bugundan yig'in davom etadi
Jamoa futbolchilari bugundan Qirgulidagi qarorgohda yig'ilishadi va “Hokim Kubogi-2017” doirasidagi o'yinlarga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi.
Malumot o'rnida, “Neftchi” jamoasi ushbu turnirda ikki tarkibda bo'lingan holda “Neftchi-1” hamda “Neftchi-2” nomlari ostida o'z imkoniyatini ishga soladi.
“Neftchi-1” jamoasi turnirdagi birinchi o'yinini Farg'ona shahrining yana bir jamoasi “Istiqlol”ga qarshi o'tkazadi. Birinchi ligada debyut mavsumini qarshi olayotgan “Istiqlol” vakillari ilk turda musobaqa grandiga qarshi bahs yuritadi. Bu bellashuv 28 yanvar kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida soat 14:30da boshlanadi.
“Neftchi-2” ham 28 yanvar kuni o'ynaydi. SHu kuni jamoamizning yana bir tarkibi “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi kurashadi. Bu o'yin ham “Neftchi” SKda o'tkazilanadi. Bahsning boshlanish vaqti 11:00ga belgilangan.
“Neftchi” matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar