"Neftchi": 27 yanvar kuni Toshkent yig'ini yakunlanadi
25 jan 2016 19:20
Yangiliklar
"Neftchi": 27 yanvar kuni Toshkent yig'ini yakunlanadi
Farg'onaning “Neftchi” klubi mazkur haftada poytaxtdagi yig'inni yakunlashini malum qilamiz.
Farg'onalik futbolchilar 27 yanvar kuni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi so'nggi nazorat bahsida maydonga tushishadi va shu kunning o'zida jamoa Farg'onaga qaytadi. SHundan so'ng Andrey Fyodorov shogirdlari 29 yanvar kuni start oladigan Farg'ona viloyati “Hokim kubogi”da o'z ishtiroklarini boshlashadi. SHuningdek, Qatardagi Osiyo chempionatida OTJmiz darvozasini qo'riqlagan Abdumavlon Abdujalilov ham kuni kecha mashg'ulotlarga qo'shildi.
Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona”ga qarshi bahs CHilonzordagi suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.
“Neftchi” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar