"Neftchi" 2021 yil uchun texnik homiysini elon qildi
18 fev 2021 12:33
Yangiliklar


"Neftchi" 2021 yil uchun texnik homiysini elon qildi
Ayni kunlarda Toshkent shahrida qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubining joriy yil Pro liga birinchiligida qaysi brend ostidagi liboslardan foydalanishi malum bo'ldi.
O'tgan mavsumda "ADIDAS" brendi ostida harakatlangan jamoa azolari,bu yil mashhur sport anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri bo'lgan "JAKO" firmasi bilan shartnoma imzoladi va ushbu brend ostidagi liboslardan foydalanadigan bo'ldi.
"Neftchi" poytaxtdagi yig'indan qaytgach, yangi liboslar taqdimoti futbolchilarning tanishtiruv marosimida tantanali ravishda topshirilishi ko'zda tutilgan.
Biz esa o'z navbatida "Neftchi" PFKning yangi futbol mavsumida "JAKO" firmasininig brendi ostidagi ishtiroki omadli bo'lishiga umid bog'lagan holda jamoaga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
"Neftchi" FK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar