“Neftchi” 1-turga tayyorlanmoqda
26 fev 2018 07:05
Yangiliklar
Superliganing 1-turini o'z maydonida “Nasaf”ga qarshi o'tkazadigan farg'onaliklar ayni kunlarda ushbu bellashuvga qizg'in hozirlik ko'rishmoqda.
25 fevral oqshomida jamoa vakillari “Istiqlol” stadionida shug'ullanishdi va ikki tarkibga bo'lingan holda o'zaro nazorat bahsi o'tkazishdi. Jamoaning so'nggi paytdagi mashg'ulotlari asosan “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tmoqda.
Eslatib o'tamiz, 1 mart kuni “Neftchi” – “Nasaf” bahsi Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida soat 20:00da boshlanadi. Yana bir malumot: shu kunlarda klub o'zining yangi futbolchilarini keng ommaga rasman tanishtirish uchun taqtimot marosimi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar