So’nggi yangiliklar

17:15"Брентфорд" форварди АПЛда январь ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  1 17:01Эшитдик-да! "Ғазалкент" Лазизбек Мирзаевни 70 минг еврога сотиб олди ва ижарага берди   4 16:43Достон Ҳамдамов: "Суперлиганинг янги мавсуми осон ўтади"  3 16:07Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади  1 15:44Абдуқодир Ҳусанов "Setanta Sports"га интервью берди  6 15:22Капелло Жаҳон чемпионати арафасида Тухелни огоҳлантирди  2 14:54ФИФА "Атлетик" клубига 2028 йилгача трансфер тақиқи қўйди  5 14:33САфарда: "Пахтакор" бир соат фарқи билан икки украин клубига қарши ўйнади. Бўриев ва Ҳамдамовдан интервью!   3 14:13Расман: Владимир Бубаня — "Металлург" футболчиси  7 13:55"Ливерпуль" дарвозабони Премьер-лигада муҳим кўрсаткичга эришди  1 13:32Расман: "Металлург" Султонов билан шартнома имзолади  1 13:15Дарвин Нуньес Саудия Арабистони чемпионати қайдномасидан чиқарилди  4 12:58"Гулистон" клуби янги мавсумга тайёрланмоқда  1 12:32Япония лигасида дуранглар бекор қилинди  8 12:06Миржамол Қосимов: "Миржалол Қосимов жамоасида бўлиш босими йўқ. Аксинча, бу интилишга туртки беради"  4

Nedved: "Evropada eng kuchli jamoalardan birini yaratdik deb ishonaman" Yangiliklar

Nedved: "Evropada eng kuchli jamoalardan birini yaratdik deb ishonaman"

Turinliklar vice-prezidenti Pavel Nedved A Seriya 1-turidan o'rin olgan "Parma" - "Yuventus" uchrashuvidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Keksa sinora" ustozi Mauricio Sarri (o'pka yallig'lanishi) sog'lig'idagi muammaolar sabab ushbu uchrashuvda shogirdlarini maydonga boshlab tusha olmaydi. 

"Halqaro tanaffusdan so'ng qaytadigan Mauricio Sarrining salomlarini sizga etkazyapman. Muhim o'zgarishlar bo'ldi, lekin hozir o'tish davri emas. "Yuventus" professionalizm, fidoiylik va qattiq mehnatlardan tashkil topgan. Bu yili ham g'alaba qozonishni istaymiz. 

Fabio Paratichi (klub sport direktori) ajoyib transferlarni amalga oshirdi, yana imkoniyatlar yuzaga kelsa biz ulardan foydalanamiz. "Yuventus" tarixan yutish uchun qurilgan jamoa. Bu yil ham g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Klubning har bir poziciyasida ikkitadan muhim futbolchilar bor va o'zimizni kuchli his qilyapmiz.

Sarri yaxshilanib bormoqda. U qattiq mehnat qiladi va uni har kuni maydonda bo'lishini xohlagan bo'lardik. Murabbiyning zaxira o'rindig'ida yo'qligi qiyinchiliklar olib kelishi mumkin, ammo o'tgan vaqt mobaynida shunga o'xshash vaziyatga tushganmiz.

Rabo meni hayratda qoldirmadi. Uni uzoq vaqt kuzatdik va jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lishiga ishonaman. U jamoaga kelganiga ko'p bo'lmadi, shuning uchun biroz vaqt berishimiz kerak. 

Iguain dunyodagi eng yaxshi straykerlardan biri. U Sarrini juda yaxshi biladi va ajoyib mavsumoldi tayyorgarlikka ega bo'ldi. U biz bilan ekanidan xursandmiz. Futbolchilarimiz orqali etarlicha ishonchga egamiz. Evropada eng kuchli jamoalardan birini yaratdik deb ishonaman", - deydi Nedved.


Ertaga 24 avgust kuni A Seriyaning dastlabki turida "Yuventus" "Parma" mehmoni bo'ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.    

Parma Calcio 1913

Serie A . 1-tur

24/08/2019, 22:00

1
:
0
Tugadi

Juventus

Giorgio Chiellini - 21'

Stadion: Stadio Ennio Tardini, 20073 tomoshabin

Bosh hakam: Fabio Maresca

45'
90'
27'  Dejan Kulusevski
45'  Hernani
57'  Dejan Kulusevski (Luca Siligardi)
77'  Gaston Brugman (Alberto Grassi)
85'  Antonino Barilla (Yann Karamoh)
21'  Giorgio Chiellini
34'  Cristiano Ronaldo
53'  Sami Khedira
63'  Sami Khedira (Adrien Rabiot)
71'  Douglas Costa (Juan Cuadrado)
83'  Gonzalo Higuain (Federico Bernardeschi)
88'  Federico Bernardeschi
90'  Miralem Pjanic

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика