Nedved: "Borussiya"ga qarshi ehtiyot bo'lishimiz kerak"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2014, 16:52
"Yuventus" sport direktori Pavel Nedved Chempionlar ligasi 1/8 finali uchun qur'ada "Qari sinora"ga Dortmundning "Borussiya"si tushganligi haqida o'z fikralini bildirib o'tdi.
"Biz juda extiyot bo'lishimiz kerak, chunki "Borussiya"da yosh, iqtidorli futbolchilar ko'p. Qur'a biz uchun yanada qiyin raqibni taqdim etishi mumkin edi, chunki "Bavariya" va "Real" ham guruhda birinchi o'rinni egallagan edi. Raqobatlashib bo'lmaydigan bir nechta jamoa bor, shu sababli bizga bunday imkoniyat taqdim etilganidan xursandman. Men Klopp muxlisiman va jamoamizning Yevropadagi darajasini ko'rmoqchiman. "Borussiya"ga qarshi o'yin bizning sifatlarimizni ochiq ko'rsatib beradi" - deydi Nedved.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com