So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53

Neapolliklarning "buyuk qaytishi" yoxud deyarli barcha shaxsiy sovrinlarni ilib ketgan neapolliklar - Italiya A Seriyasi sarhisobi Yangiliklar

Neapolliklarning "buyuk qaytishi" yoxud deyarli barcha shaxsiy sovrinlarni ilib ketgan neapolliklar - Italiya A Seriyasi sarhisobi

Bugungi kunda top-5 likda uchinchi sifatida qayd etilayotgan A Seriyaning xalqaro maydondagi natijaliga nazar solsak, barchamizda shubha paydo bo'ladi.

"Inter" ECHL, "Roma" EL va "Fiorentina" EKL finaliga qadar etib bordi. Afsuski, barcha jamoalar vice-chempion sifatida o'z yurishini yakunladi. SHunday bo'lsa-da, A Seriya asta-sekinlik bilan o'zining avvalgi mavqeini tiklayotganiga bu natijalar etarli, deb hisoblasak bo'ladi. 

Italiya A Ceriyasiga ECHL uchun 4 ta, ELga 2 ta va EKL uchun 1 ta kvota ajratilgan. Kelasi mavsum Evropaning eng nufuzli turnirida "buzoqlar o'lkasi"dan "Napoli", "Lacio", "Inter" va "Milan" jamoalari ishtirok etadi.

Germaniyada "Bavariya" Bundesliganing chemponligini 33-bor qo'lga kiritar ekan, Italiyada "Napoli" naqd 33 yil deganda taxtga qaytyapti. Qaytganda ham top-5 ligalardagi barcha jamoalardan eng ko'p ochko jamg'arib, chempionat yakunlanishiga besh tur qolganda masalani hal qilib qaytyapti. "Buyuk qaytish", shunday emasmi? Jamoa oxirgi bor 1990 yilda chempion bo'lgan. Bundan tashqari, jamoa xalqaro maydonda o'z tarixida ilk marotaba ECHL chorak finaliga chiqdi. 

"Lacio" kamtarona tarkibi bilan Italiya vice-chempioni bo'lishga erishdi.

"Inter" bu mavsumda A Seriyaning uchinchi o'rini va Italiya Kubogi sohibi bo'ldi. Bundan tashqari, jamoaning ECHL finaliga etib borganini ham alohida takidlash zarur. Milanliklar o'z tarixida to'qqizinchi marotaba Italiya Kubogi egasi bo'lishdi.

O'tgan mavsum chempionlari garchi biror sovrinni qo'lga kirita olmagan bo'lsalar-da, keyingi mavsumda ECHL chiptasi va ECHL finaliga qadar etib borganlari bilan o'zlariga taskin berishlari mumkin. 

"Atalanta", "Roma" va "Yuventus". O'tgan mavsum EKL chempionlari va bu yilgi EL vice-chempionlari kelasi mavsumda yana ELda ishtirok etadigan bo'ldi.

Allegrining "Yuventus"ini ko'p ehtimol, ikkinchi marotaba ochkolari olib qo'yilmagan taqdirda, klub ECHL ishtirokchisiga aylanishi mumkin edi. Jamoa muammolar girdobiga tushib qolganiga qaramay, EL yarim finaliga qadar etib bora oldi. Bu turinliklar uchun evrokuboklardagi 22-yarim final bo'ldi.

Menga mavsumning omadli va omadsiz jamoasini ko'rsating, deyishsa, shubhasiz, "Fiorentina"ni ko'rsatardim. Klub Italiya Kubogi va EKL finaliga qadar etib bordi, ammo bir hafta ichida ketma-ket ikki finalda ham mag'lub bo'ldi. Bundan tashqari, A Seriya jadvaliga nazar tashlasak, jamoaning kelasi mavsumda xalqaro maydonlardan ham mosuvo qolganiga guvoh bo'lamiz. 

"Sampdoriya", "Kremoneze" va hamyurtimiz Eldor SHomurodov faoliyat olib borayotgan jamoa – "Speciya" B Seriyaga tushib ketdi.

Eldor SHomurodov "Speciya" tarkibida 16 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 1 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo'ydi.

A Seriyaning kelasi mavsumiga atalgan chiptalarga "Frozinone", "Jenoa" va "Kalyari" klublari ega chiqdi. 

"Kalyari" jamosi yo'llanmani pley-off o'yinlari orqali qo'lga kiritdi. Jamoaga bugungi kunda barchamizga "Lester ertagi" bilan tanish bo'lgan Klaudio Raneri murabbiylik qilmoqda. 71 yoshli mutaxassis 1988 yilda ham sardinyaliklarni C Seriyadan A Seriyaga olib chiqqan. Raneri klubni qabul qilib olganda "Kalyari" 14-pog'onani band etib turgan. Va yakunda tarix takrorlandi. Futbol tarixi uchun yana bir ertak yaratildi.

SHaxsiy titullar. A Seriyada shaxsiy titullarga asosan neapolliklar ega chiqishdi. 

Eng yaxshi futbolchi va assistent — Xvicha Kvaracxeliya ("Napoli");

Eng yaxshi hujumchi va to'purar — Viktor Osimxen ("Napoli");

SHu tariqa, A Seriya tarixida 125 yillik tanaffusdan so'ng yana afrikalik futbolchi to'purar bo'ldi.

Eng yaxshi yarim himoyachi — Nikolo Barella ("Inter");

Eng yaxshi himoyachi — Kim Min Je ("Napoli");

Eng yaxshi darvozabon — Ivan Provedel ("Lacio");

Eng yaxshi 23 yoshgacha bo'lgan o'yinchi — Nikolo Fajoli ("Yuventus");

Eng yaxshi murabbiy — Luchano Spalletti ("Napoli").

Spalletti A Seriya tarixidagi eng keksa mavsum murabbiyi bo'ldi.


Doniyor Mamatqulov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика