“NBU-OSIYO” o'rtoqlik uchrashuvda g'alaba qozondi
23 jan 2015 10:31
Yangiliklar

“NBU-OSIYO” o'rtoqlik uchrashuvda g'alaba qozondi
Malumki, hozirda oliy liga klublari bilan bir qatorda birinchi liga jamoalarimiz ham yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.
Jumladan, Rufat Akramxo'jaev boshchiligidagi “NBU- OSIYO” jamoasi ham qishki tanaffusdan unumli foydalanish harakatida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarda o'z kuchlarini sinab ko'rishayapti. 22 yanvar kuni navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvda “Lokomotiv”ning yoshlar jamoasi bilan kuch sinashgan Rufat Akramxo'jaev shogirdlari yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Dastlab, 52-daqiqada o'n bir metrlik jarima to'pidan Mirshoxid Olimov hisobni ochgan bo'lsa, 57-daqiqada Abbos Po'latov va oradan 10 daqiqa o'tib Ulug'bek Boqiev keyingi gollarning muallifiga aylanishdi.
Jamoa tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi: Iskandar Mo'minov, Abbos Po'latov, Javlon Guseynov, Abubakr Abdurahmonov, Muxiddin Jumaboev, Avaz Ismatov, Mirshoxid Olimov, Leonid Koshelev, Ilgiz Bikmaykin, Davron Valijonov, Aleksandr Lupashko.
Zahiradan maydonga tushganlar: Ulug'bek Boqiev, Eldor CHoriev, Farxod Baxtiyorov.

Fikrlar