So’nggi yangiliklar

08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  0 07:33Эрон ОАВси Сергеевни "Сепахон"даги ойлигини маълум қилишди  3 03:30U-23 Осиё чемпионати-2020. Стадионни пайҳон қилган атлетлар, кулгига қолган ТВ, туғилган кунида Ўзбекистонга иккита гол урган футболчи, Сон Хён Минга сув ташиттирган мураббий ҳамда кубокни ирғитган Шаҳбоз Беғамов ҳақида ҳикоя қиламиз  4 02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  4 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  14 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2

Nazorat uchrashuvi. "SHo'rtan" - "Buxoro" 3:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "SHo'rtan" - "Buxoro" 3:0

Bugun "Obod" stadionida "SHo'rtan" va "Buxoro" navbatdagi nazorat bahsini o'tkazdi.
Qor ostidan boshlangan o'yinnning birinchi bo'limida to'la ustunlik g'uzorliklar tarafida bo'ldi. Bo'lim davomida "Buxoro" bir marta ham darvoza tomonga zarba bermagani etiborga molikdir. Bo'limni o'zida "SHo'rtan" uch marta raqiblari darvozasini ishg'ol etdi. Mirzakamol Kamolovning qanotdan oshirib bergan pasini Suhbor Berdiev pastga tushurmasdan darvozaga joylab qo'ydi. 22 daqiqada Viktor Klishin jarima maydonchasi ichida ikki himoyachini osonlik bilan ortda qoldirib, hisobni oshirdi. 35 daqiqaga kelib qanotdan oshirilgan to'pni yana bir bor Klishin boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Bu o'yinni juda ham kuchsiz himoyaga ega bo'lgan "Buxoro" va anchagina kuchli ko'rinishdagi hujumga ega bo'lgan "SHo'rtan" bahsi desa ham bo'ladi. Ikkinchi bo'limda ham "SHo'rtan" hujumlar va vaziyatlarga ega bo'ldi. 80 daqiqada Akobir To'raevning maydonga tushishi vaziyatni o'zgartirdi lekin To'raev ham yaqin masofadan darvozani ishg'ol eta olmadi. Ikkinchi bo'limda gol kiritilmadi va "SHo'rtan" yirik g'alabani saqlab qoldi.

Nazorat uchrashuvi.
Toshkent. 1.02.2015

"SHo'rtan" - "Buxoro" 3:0
Gollar:
1:0 Subrob Berdiev (10) , 2:0 Viktor Klishin (22), Viktor Klishin (35)

"SHo'rtan": Temur Jo'raev, Umar Eshmurodov, Jamol Otaqulov, Rustam Azamov, Mirzakamol Kamolov, Samandar SHodmonov, G'ulom Haydar G'ulomov, Eldor Boymatov, Suhrob Berdiev, Viktor Klishin, Husniddin G'ofurov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Eldor Tojiboev, Abbos Omonov, Asror Aliqulov, Yusuf Bo'riev, Olim Karimov, SHerzod SHaripov.

"Buxoro":
Aleksandr Kornechuk, Temur Kagirov, Temur Turdiev, Jamol Ubaydullaev, Xasan Asqarov, Vitaliy Plamadela, Suhrob Nematov, Dilyaver Abibullaev, Evgeniy Kochnev, Otabek Narzullaev, Otabek Isroilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Farrux Turdialiev, Zayniddin Tojiev, Ravshan Aslanov, Ahror Umarjonov, Azamat SHaripov, Akobir To'raev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика