So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'zaro durang o'ynashdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qo'qon-1912" va "Qizilqum" o'zaro durang o'ynashdi

Teglar :  Qo'qon-1912Qizilqum
Oliy ligada kichik tanaffus yuzaga kelganidan foydalangan "Qo'qon-1912" bugun Toshkentdagi Bunyodkor akademiyasiga qarashli maydonda Navoiyning “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat uchrashuvni o'tkazdi.

Bugungi bahsda Nosir Otaqo'ziev, Bahodir Akramov  hamda Akmal Xolmurodovlar turli sabablarga ko'ra jamoamizga yordam bera olishmadi.

Uchrashuvni vakillarimiz faol tarzda boshlashdi. Ilk daqiqalardanoq futbolchilarimiz hujumga tashlanishdi. Buning natijasida 4-daqiqada jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'ldik. Murod Holmuhammedovning jarimadan yo'llagan zarbasi biroz yuqoridan ketdi.

12-daqiqada maydonda to'qnashuv yuzaga keldi. Uning natijasida jamoamiz etakchisi Javohir Sidiqov jarohat olib maydonni tark etdi. 15-daqiqada ajoyib hujum tashkil etdik. Navoiyliklar to'pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. 17-daqiqada hisob ochildi.  Muhammadanas Hasanov jarima maydonchasi ichida kuchli zarbasi bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi – 0:1.

22-daqiqada ketma-ket burchak zarbalaridan so'ng Oybek Rustamov va Filip Rayevaclarning zarbalari xavfli bo'ldi. Ayniqsa, Rustamovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

27-daqiqada Filip Rayevac-Doniyor Hasanov-Muhammadanas Hasanov-Oybek Rustamov kombinaciyasi chiroyli bo'ldi. So'nggi pallada Oybek Rustamov zarbada adashdi. 32-daqiqada futbolchilarimizda hisobni oshirish uchun yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Aleksandr Merzlyakov birga-bir vaziyatdan oqilona foydalana olmadi. Ushbu vaziyatda “Qizilqum” darvozaboni mahorat ko'rsatdi.

Birinchi bo'limning oxirgi daqiqalarida navoiyliklar qo'polik ishlatishdi. Buning natijasida Suhrob Berdievga  maydon tashqarisida yordam ko'rsatildi.

Bu orada Xolmuhammedovning jarimadan tepgan zarbasidan so'ng barcha gol deb o'yladi. Aslida to'p darvoza to'riga tashqari tomondan tekkan ekan. Uchrashuvning birinchi qismi shu hisobda o'z poyoniga etdi.

Ikkinchi bo'limda jamoamiz safida bir qator o'zgarishlar yuz berdi. Uchrashuvning ikkinchi qismini navoiyliklar faol tarzda boshlashdi. 63-daqiqada “Qizilqum” futbolchilari hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Raqiblarimiz bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

67-daqiqada navoiyliklar hisobni tenglashtirishdi. Otabek Zokirovning zarbasi futbolchimizga tegib rikoshet holatida darvozamizga borib tushdi – 1:1. Bu holatda raqib hujumchisi Ribkinni itarib yuborgan edi. Lekin hakam golni hisobga oldi.

Bugungi bahsni chempionatdagi bo'lajak raqibimiz Paxtakor bosh murabbiyi SHota Arveladze ham kuzatib borganini takidlash joiz.

Uchrashuv yakunlanishi arafsida yana futbolchilarimiz tashabbusga ega bo'lishdi. Raqib darvozasi olida bir qator vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Ana shunday hujumlarning birida Merzlyakovning uzoqdan yo'llagan zarbasi yuqoridan ketdi. So'nggi daqiqada esa Andrey Sidorov deyarli birga bir vaziyatda noaniq zarba yo'lladi.

O'yin yakuniga qadar hisob o'zgarmay qoldi. Natijada jamoamiz “Qizilqum”ga qarshi kechgan navbatdagi o'rtoqlik o'yinida ham durang qayd etdi.

 

Nazorat uchrashuvi

“Qizilqum” – “Qo'qon-1912” – 1:1 (0:1)

Bosh hakam: SHerzod Qosimov

Gollar:
Otabek Zokirov – 67. – Muhammadanas Hasanov – 17.

Qizilqum: 1. Erkin Jabborov (22.  Artyom Makosin-63), 3. SHukurali Po'latov (Viktor Grigorev, 46), 4. Erkin Boydullaev, 9. Otabek Zokirov, 14. Fayzulla Qambarov, 18. Samandar SHodmonov, 20. G'ayrat Jumaev (8. Akmal Rustamov-64), 23. SHerali Jo'raev (6. Nodirxon Kamolov, 46), 27. Ilhom Yunusov (Otabek Isroilov, 46), 77. Bekzod G'anijonov (, 96. Begzod Mirzamurotov – 69), 92. Akram Bahriddinov.



“Qo'qon-1912”: 12. Aziz Ashurov (13. Nikita Ribkin-46), 6. Doniyor Hasanov (28. Avaz Mamatxo'jaev-46), 7. Jamshid Hasanov (4. Xushnud Avilov-46), 8. Quvondiq Ro'ziev (75. Jalil Kimsanov-68), 10. Javohir Sidiqov (15. Oybek Rustamov-12), 19. Suhrob Berdiev (11. Andrey Sidorov-46), 22. Murod Holmuhammedov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 25. Filip Rayevac (70. Doston Meliqo'ziev-83), 31. Darko Gojkovich, 33. Muhammadanas Hasanov (29. Iqbol Malikjonov – 83).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика