So’nggi yangiliklar

03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   0 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  4 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  31 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  3 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" Toshkentda "Paxtakor"ga 3ta gol urdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" Toshkentda "Paxtakor"ga 3ta gol urdi

Teglar :  QizilqumPaxtakor
Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari kecha yig'in doirasida ilk nazorat uchrashuvini Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazdi.

JAR stadionida kechgan bellashuv anchayin qiziqarli kechib unda "Qizilqum" raqibini ishonchli tarzda mag'lub etdi -3:1.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmagan bo'lsada, ikkinchi bo'limda darvozalarga to'rtta gol kiritildi. Dastlab Artur Gevorkyan hisobni ochdi. Darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pni takroriy zarbada Artur darvozaga aniq yo'lladi. Oradan ko'p o'tmay Elguja Grigalashvilining “Paxtakor” posbonini dog'da qoldirishning uddasidan chiqdi.


Keyinchalik Elguja Grigalashvili o'z qanotidan ajoyib “reyd” uyushtirdi va raqib futbolchilarining ketma-ket aldab o'tib, to'pni qulay vaziyatda turgan Doniyor Usmanovga uzatdi. Uning zarbasini Lobanov qaytarishga ojizlik qildi - 0:3. Toshkentliklar safida Sobirjonov yagona javob goli muallifiga aylandi.

"Qizilqum" yig'in davomidagi navbatdagi nazorat bellashuvini 6 sentyabr kuni “Qo'qon-1912” jamoasi bilan o'tkazadi.



Nazorat uchrashuvi. 30.08.2018.

“Paxtakor” – “Qizilqum” 1:3

Toshkent. JAR stadioni.

Bosh hakam:
Jasur Muxtorov.

Gollar: Artur Gevorkyan, Elguja Grigalashvili, Doniyor Usmonov - Asadbek Sobirjonov

"Paxtakor":  Aleksandr Lobanov, Ibrohimov,  Mario Simich, Kamol Tojiev, Alisher Salimov, Jahongir Ahmadov, Bahrom Abdurahimov, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Dragan CHeran, Ismael Gonsalvesh.

Zaxiradan tushganlar: Hamroev, Azamov, Ahmedov, Rahmatullaev, Sindarov, Mahmudhojiev, Sobirjonov, Iminov.

“Qizilqum”: Evegeniy CHeremisin, Erkin Baydullaev, Alisher Sanoev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullaev, SHerali Jo'raev, Samandar SHodmonov, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymaytov, Nemanya Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Georgi Kvesieshvili, Doniyor Usmanov, Elguja Grigalashvili, Humoyun Abdualimov, Akmal Rustamov, Bekzod G'anijonov.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика