So’nggi yangiliklar

23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  2 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum” - “Dinamo” - 2:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “Qizilqum” - “Dinamo” - 2:0

Teglar :  QizilqumDinamo
Avval xabar qilganimizdek, “Qizilqum” jamoasi yangi mavsum taraddudi doirasida dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Unda navoiyliklar Samarqand dinamochilari bilan o'zaro bahs yuritishdi.

Mazkur uchrashuvni navoiylik hakamlar guruhi boshqarib bordi: Rustam Bobomurodov, Ruslan Samandarov, Nodirjon Boltaev, Olimjon  Abduhalimov.

Nazorat bahsi maqomida o'tkazilgan o'yinda har ikkala jamoa murabbiylari bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirdilar:

“QIZILQUM”: Umid Xonimqulov, SHukurali Po'latov, Akmal Rustamov, Fayzulla Qambarov, Azizbek Usmonov, Erkin Boydullaev, Ilhom Yunusov, Mansur Saidov, Otabek Zokirov, Jasur Hasanov, Azamat Allaniyozov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, G'ayrat Jumaev, Mirjalol Qosimov, Samandar SHodmonov, Esonjon Fozilov, Viktor Grigorev, SHerali Jo'raev.

“DINAMO”: Rustam Toshturdiev, Hakimxon Alamxonov, Bunyod Isroilov, Firdavs Abdusalimov, Mirkomil Lokaev, Akmal Bozorov, Komil SHarofutdinov, Jasur Azimov, Jasur Qurbonov, Jonibek Ko'chimov, Amirjon Safarov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: SHuhrat Murodov, Omadjon Tayloqov, Lazizjon Nuriddinov, Ubaydullo Nabiev, Asomiddin Mamatov, Islom SHaripov, Nurbek Safarov.

Hujumkor ruhda kechgan uchrashuvda mezbonlar raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Dastlabki bo'limning 30-daqiqasida Jasur Hasanov raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Azamat Allaniyozov dinamochilarni yana bir bora maydon markazidan boshlashga majbur qildi - 2:0.

SHunday qilib, navoiyliklar o'rtoqlik uchrashuvida raqibini mag'lubiyatga uchratdi. “Qizilqum”ning yangi mavsumga tayyorgarligi 25 yanvardan boshlab Toshkentga ko'chadi. Poytaxt yig'ini doirasida jamoamiz bir nechta nazorat o'yinlarini o'tkazadi. Jumladan, 26 yanvar kuni konchilar Bekobodning “Metallurg” futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика