So’nggi yangiliklar

10:20Дани Алвес профессионал футболга қайтиши мумкин  0 09:55Сардор Раҳмонов фаолиятини Тошкент клубида давом эттиради  1 09:35Санжар Қувватов: "Ҳозир натижа учун ўйнайдиган эмас, захирани ўйлаб иш қиладиган пайт"  0 09:10Бугун футбол. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнам билан ўйнайди  1 08:50Ироқ чемпионати. Мурод Бобожоновдан дебют гол, Қосимов ҳам майдонни қуруқ тарк этмади  2 08:25Абубакир Шукуруллаев: "Бунчалик тез имконият беришади деб ўйламаган эдим"  0 08:00"Металлург" тайёргарликни бошлади. Таркибда янги футболчилар бор  5 00:45"Монако" "Манчестер Сити" ҳимоячисига кўз тикмоқда  0 00:32Саудия Про-Лигаси. Роналду ва Бензема жамоалари ғалаба қозонишди  4 00:09Дэвид Симэн: "Артетанинг тўртта алмаштиришидан шокка тушдим"  4 23:40"Реал" "Бетис"нинг 40-50 миллион евролик ҳимоячисига кўз тикди  0 23:05Туркия йиғини. "Қўқон-1912"нинг назорат ўйинлари тақвими  2 22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  3 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Buxoro" 3:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Buxoro" 3:1

Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini davom ettirayotgan “Qizilqum” futbolchilari yig'in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini kecha “Buxoro”ga qarshi o'tkazishdi.

“Qizilqum” futbolchilari avvalgi ikki uchrashuvni “Surxon” (1:1) va “So'g'diyona” (0:0)ga qarshi o'tkazishgandi. Yig'in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvida ular buxoroliklarni taslim etishdi -3:1.

Navoiyliklar o'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal etishdi. "Qizilqum" tarkibida ko'rikdan o'tayotgan rossiyalik legioner Ruslan Margiev ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, yana bir gol boshqa bir legioner astraliyalik Stiven Lustica hisobiga yozildi.

Mazkur uchrashuvni "Qizilqum" quyidagi tarkibda o'tkazdi: Evgeniy CHeremisin, SHerali Jo'raev, Azizbek Usmonov, Lasha Totadze, Salim Mustafoev, Saidjamol Davlatjonov, Stiven Lustica, Ruslan Margiev, Alisher Sanoev, Doston Ibragimov, Mate Vatcadze.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar:
Artyom Makosin, Vohid SHodiev, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullaev, Sardor Jahonov, Nodirxon Kamolov, Suhrob Yarashev.

Jamoa tarkibidagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, yana ikki nafar futbolchi Maqsud Karimov va Murod Bobojonov jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmayapti. SHuningdek, Toshkent yig'inida jamoa tarkibiga kelib qo'shilgan Jalil Kimsanov ham ayni paytda jamoa bilan birga emas.

Navoiylik futbol ishiqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Vohid SHodiev, yarim himoyachi Nodirxon Kamolov, asli navoiylik bo'lgan yarim himoyachi, birinchi davrada “Buxoro” sharafini himoya qilgan Doston Ibragimov ayni paytda jamoa ko'rigida bo'lib turishibdi.

“Buxoro”ga qarshi uchrashuvdan keyin futbolchilar qisqa muddatli tatilga chiqishdi. Ikkinchi davraning ilk uchrashuvini “Qizilqum” 26 iyul kuni safarda “Navbahor” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика