Nazorat uchrashuvi. "Olmaliq" - "Mordoviya" 0:2
26 fev 2015 08:43
Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Olmaliq" - "Mordoviya" 0:2
"Olmaliq" Antaliyada navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Bu galgi raqib avval xabar berganimizdek, Rossiya premer ligasi vakili Saranskning "Mordoviya" jamoasi bo'ldi. Bungacha o'tgan 4 uchrashuvning ikkitasida g'alaba qozongan va ikkitasida durangga erishgan jamoamiz, Yuriy Syomin boshqaruvidagi "Mordoviya"ga imkoniyatni boy berdi. O'yinning 20-daqiqasida raqib futbolchisi Pavel Yakovlev hisobni ochgan bo'lsa, 67-daqiqada Sergey Samodin uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatuvchi golga mualliflik qildi. 56-daqiqada Arslonmurod Omonov belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi.
Ushbu bahsda jamoa tarkibida quyidagi futbolchilar to'p surishdi.
"Olmaliq": Umidjon Xonimqulov, Islom Inomov, Evgeniy Gogol, Adrian Kashkaval, Azamat Isroilov, G'ulom O'runov (Jahongir Abdumo'minov, 46), Zohir Pirimov (Nikita Pavlenko, 46), Arslonmurod Omonov, SHavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev (Islom Isoqjonov, 68), Nemanya Yovanovich.
Biroz betobligi sabab Diyor Turopov va Salamat Qutiboev o'yinda ishtirok etmadi. Qolgan futbolchilar esa mashg'ulot o'tkazish bilan cheklanishdi.
Rejaga ko'ra jamoa 27 fevral kuni Antaliya yig'inida so'nggi nazorat o'yinini o'tkazadi. Raqib kim bo'lishi hozircha nomalum.

Fikrlar