Nazorat uchrashuvi. "NBU-Osiyo" - "Buxoro" 1:5
23 fev 2014 15:03
Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "NBU-Osiyo" - "Buxoro" 1:5
Toshkenda o'quv-yig'inni davom ettirayotgan "Buxoro" jamoasi bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Bugungi sparring-raqib, birinchi liga vakili Toshkentning "NBU-Osiyo" jamoasi bo'ldi. Ushbu bahs hozirgina o'z yakuniga etdi va unda buxoroliklar yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvda "Buxoro" ko'rigiga Toshkentning "Lokomotiv" jamoasidan tashrif buyurgan himoyachi SHerzod SHaripov ishtirok etdi.
Hozirgi kunga kelib "bankchilar" tarkibida ancha tajribali futbolchilar jamlanishganini etirof etish mumkin. Jumladan, o'tgan mavsum "Buxoro" sharafini himoya qilgan Aleksey Nikolaev, o'z vaqtida buxoroliklar safida to'p surgan Yuriy Coy, Konstantin Boevlarni misol qilish mumkin. Bulardan tashqari Zayniddin Tojiev, Leonid Koshelev, Abdumajid Toirov ham toshkentliklar sharafini himoya qilishdi.
Uchrashuvda "Buxoro" futbolchilari raqibiga nisbatdan ancha yoshroq bo'lishiga qaramay to'liq tashabbus bilan harakat qilishdi.
O'yinda "Buxoro"ning yosh hujumchisi Firdavs Asadov bir yula uchta to'p kiritib, xet-trik qayd etgan bo'lsa, yana bir mahalliy futbolchi Suxrob Nematov va "Buxoro" yig'iniga yaqinda "Lokomotiv"dan qo'shilgan SHerzod SHaripov bittadan gol kiritishdi va buxoroliklarning 5:1 hisobidagi g'alabasiga o'z ulushlarini qo'shishdi.
"NBU-Osiyo" (Toshkent) -"Buxoro" (Buxoro) 1:5
GOLLAR: Firdavs Asadov (3 ta), SHerzod SHaripov, Suxrob Nematov
"Buxoro": A.Korneychuk, G.Kvesieshvili, SH.Raimqulov, I.Ilin, SH.SHaripov, S.Nematov, P.Vuyovich, V.Plemedyale, A.Akopyanc, F.Asadov, B.Vahobov.
Zaxiradagilar: F.Turdaliev, R.Aslanov, SH.Jumaboev, J.Ubaydullaev.

Fikrlar