So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Nazorat uchrashuvi. “Navbahor” – “Andijon” 2:0 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Navbahor” – “Andijon” 2:0

Teglar :  Navbahor Andijon
Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda “Navbahor” – “Andijon” klublari o'rtasida nazorat – sinov bahsi o'tkazildi.

Takidlash joizki, principial raqib bo'lgan mazkur jamoalar o'rtasidagi uchrashuvlar doimo murosasiz ruhda va keskin kurashlar ostida kechgan.

Garchi o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da, bu safargi bahs ham bundan mustasno bo'lmadi, albatta.

Har ikki jamoa azolari maydonda o'zlarining eng yaxshi jihatlarini namoyish etishga intilishdi.

Ilk daqiqalardanoq hujumkor tus olgan o'yinning 19-daqiqasida "Navbahor"ning navbatdagi hujumini bartaraf etishga harakat qilgan Aleksandr Xomyakov shogirdlari o'z jarima maydonchalari ichida Nodir Mavlonovga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Natijada uchrashuv bosh hakami G'ayrat Jo'raev “Andijon” darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.

Penaltini “Navbahor” to'purari Aleksandr Kasyan aniq amalga oshirib, hisobni ochdi – 1:0.

Garchi birinchi bo'lim davomida har ikki jamoa vakillarida bir qator xavfli vaziyatlar yuzaga kelgan bo'lsa-da, ular bundan foydalana olishmadi va Adrey Kanchelskis shogirdlari tanaffusga 1:0 hisobidagi g'alaba bilan yo'l olishdi.

Ikkinchi bo'limda har ikki jamoa ustozlari bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirib, ularning ham jismoniy holatlarini sinovdan o'tkazishdi.

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, “lochinlar” hisobdagi farqni oshirishdi. Mahoratli yarim himoyachi Nodirbek Mavlonovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng, to'p “Andijon” futbolchilaridan biriga tegib, rikoshet holatida darvoza to'ridan joy oldi - 2:0.


“Navbahor” – “Andijon” – 2:0 (1:0)
Namangan shahri. “Markaziy” stadioni. 1500 tomoshabin.
Hakamlar
: G'ayrat Jo'raev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin.
“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg'unboev, 11. Aleksandr Kasyan, 15. Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban, 55. G'iyosjon Komilov, 95. Nodir Mavlonov, 98. Muhammadjon Sultonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 23. Dilshod Hamroev, 4. Aziz Ibragimov, 5. Slavko Lukich, 18. Yunusbek Abduvohidov, 32. Jahongir Mehmonov, Komiljon Tojiddinov, 91. SHerzod Hakimov, 96. Ilhomjon Aliboev, Iskandar Siddiqjanov.
“Andijon”: 77.Vitaliy Mirniy, 4. Farhod Mirahmatov, 5. Robbimjon Hasanov, 10. SHahzodbek Ubaydullaev, 18. Dilshod Rahmatullaev, 21. Ildar Mamatkazin, 22. Ro'zimboy Ahmedov, 24. Doniyor Ismoilov, 25. Baxtiyor Qosimov, 34. Xushnudbek Avilov, 88. Abror Husinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 30. Akmal Ortiqov, 2. Jalil Kimsanov, Ibrohim Otaxonov, 8.Farhod Bekmuratov, 17. Abdulloh Olimov, Sardor Azimov, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 27. Usmonali Ismonaliev, 29. Davron Isoqov.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика