Nazorat uchrashuvi. "Metallurg" - "So'g'diyona" 1:1
26 jan 2020 11:45
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. "Metallurg" - "So'g'diyona" 1:1
Qiziqarli va murosasiz kurashlar ostida kechgan uchrashuvda tomonlar bir martadan muvaffaqiyat qozonishib, murosa ko'chasini tanlashdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida “Metallurg”ning sobiq himoyachisi SHavkat Mullajonov jizzaxliklar hujumini muvaffaqiyatli yakunladi. Uning qaychi uslubida bergan zarbasi Aleksandr Lobanov uchun kutilmagan hol bo'ldi – 0:1. Bekobodliklar esa ikkinchi taymda hisobni tenglashtirishdi. 77-daqiqada jizzaxliklar darvozasi yonida sodir bo'lgan parokandalikdan “Metallurg”ning yosh o'yinchilari unumli foydalanishdi. Xudoyshukur Sattorovning uzatmasini Abror Toshqo'ziev golga aylantirdi. Bu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmay qoldi.
“Metallurg” keyingi nazorat uchrashuvini 29 yanvar sanasida “Surxon” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Nazorat uchrashuvi
Metallurg - So'g'diyona - 1:1.
Hakamlar: V.Agishev, T.Galeev, D.Saylovov.
Nazoratchi: A.Popov.
Gollar: A.Toshqo'ziev (77) - SH. Mullajonov (24).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar