Nazorat uchrashuvi. “Metallurg” – O'zbekiston U-23 – 1:1
15 noy 2017 08:15
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. “Metallurg” – O'zbekiston U-23 – 1:1
Qiziqarli kechgan bahsda durang – 1:1 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvda “Metallurg” hududiy ustunlikka ega bo'ldi. Jamoa o'yinining shakllanganligi, futbolchilarning bir birlarini tushunib harakat qilishlari yaqqol sezilib turdi. Ayniqsa birinchi bo'limda O'zbekiston U-23 terma jamoasi posboni Rahimjon Davronovga oson bo'lmadi. O'yinning 26-daqiqasida Murodjon Toshmatov hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari bekobodliklar bir nechta qulay vaziyatlardan foydalanishmadi.
Ikkinchi bo'limda Ravshan Haydarov yoshlar termasi tarkibini deyarli to'liq yangiladi. Natijada ularning o'yinida o'zgarish kuzatildi va O'zbekiston U-23 terma jamoasi hisobni tenglashtirib, mag'lubiyatdan qutilib qolishga erishdi. Golni yoshlar standart vaziyatdan kiritishdi. Burchakdan to'p o'yinga kiritilganda bekobodliklarning sobiq himoyachisi Dostonbek Tursunov boshi bilan to'pni urib, darvoza to'riga tushirdi.
“Metallurg” – O'zbekiston U-23 – 1:1. 14.11.2017. JAR stadioni.
Hakam: A.Ergashev.
“Metallurg”: Z.Safaev (T.To'ychiev), M.Qahramonov, H.Hoshimov, S.Allaev, A.Husinov (A.Toshqo'ziev), A.Ziyovuddinov (D.Odilov), J.Abdumo'minov (D.Karimov), A.No'monov (S.Qodirqulov), M.Toshmatov (U.Xudoyorov), I.Isoqjonov, Z.Abdullaev (M.Sultonov).
O'zbekiston U-23 mazkur uchrashuvda quyidagi futbolchilardan foydalandi:
Darvozabonlar: Rahimjon Davronov (“Mashal”), Dilshod Hamroev (“Navbahor”);
Himoyachilar: Doston Tursunov (“Neftchi”), Husniddin G'ofurov (“Neftchi”), Abbosjon Otaxonov (“Navbahor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Doniyor Narzullaev (“Nasaf”), Avaz Mamatxo'jaev (“Qo'qon-1912”), SHerzod Nasrullaev (“Nasaf”), Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”);
Yarim himoyachilar: Jahongir Ahmadov (“Paxtakor”), SHarof Muhitdinov (“Nasaf”), Xurshid G'iyosov (“Bunyodkor”), Suhrob Nurulloev (“Paxtakor”), Abdujamol Isroilov (“Neftchi”), Islom Rashidxonov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Azizbek Amanov (“Lokomotiv”), Zabihillo O'rinboev (“Paxtakor”), Andrey Sidorov (“Qo'qon-1912”).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar