So’nggi yangiliklar

23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  4 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3 20:33Рафинья "Барселона" тарихига кирди  2 20:15Сака шартномани узайтиради  0 19:50Ўзбекистон Суперкубоги март ойида бўлиб ўтади  11 19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  3 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  3

Nazorat uchrashuvi: “Metallurg” – “Dinamo” – 1:1 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi: “Metallurg” – “Dinamo” – 1:1

Yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan “Metallurg” jamoasi shanba kuni Toshkent viloyati Yangibozor qo'rg'onidagi stadionda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi ko'rik-nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qiziqarli va qarama-qarshi hujumlar ostida o'tgan o'yinda durang natija qayd etildi – 1:1.
 
Har ikkala jamoa uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq maydon markazini egallash harakatida bo'ldi. To'pni nazorat qilish borasida ustunlik poytaxt viloyati vakillari tomonida bo'lsa-da, hisobni samarqandliklar ochishga erishishdi. Qarshi hujumlarning birini Aziz Ibragimov muvaffaqiyatli yakunladi.
 
Bekobodliklar ikkinchi taymda hisobni tenglashtirishdi. SHohnazar Norbekovning tezkor reydini dinamochilar himoyachisi o'yin qoidasini buzish bilan to'xtatdi. 11 metrlik nuqtadan jarima zarbasini Dilmurod Karimov bexato amalga oshir – 1:1. mazkur hisob o'yin oxirigacha o'zgarmay qoldi. “Metallurg” tarkibida “Bunyodkor”ning yoshlar jamoasidan chaqirilgan Zafar Safoev maydonga tushdi. O'z navbatida qisqa muddatli ko'rikda bo'lgan Aziz Murodov esa jamoa qarorgohini tark etdi. Mavsum boshlangunga qadar bekobodliklar oliy liga jamoalari bilan yana ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.
 
“Dinamo”ga qarshi “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam Mirsodiqov quyidagi tarkibngi maydonga tushirdi: Zafar Safoev (Suhrob Sultonov), Mirg'iyos Sulaymonov, Hikmat Hoshimov, Javlon Mirabdullaev, Davron Karimqulov (Aleksandr Kovalev), Doniyor Odilov (Said Abdujabborov), Dilmurod Karimov, Alisher Ziyovuddinov (Mirto'ra Akbarov), Ruslan Vagapov (SHohnazar Norbekov), Sardor Rasulov, Zohid Abdullaev (SHahzodbek Nurmatov).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика