Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” – “Spartak” (Moskva) 1:2
30 jan 2014 21:37
Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” – “Spartak” (Moskva) 1:2
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi amirliklar yig'ini doirasidagi o'zining so'nggi nazorat uchrashuvini Moskvaning “Spartak” jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi “qaldirg'ochlar” ustunligida o'tdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Boisi Mirjalol Qosimov shogirdlari birinchi bo'limda Moskva spartakchilariga qaraganda ancha faol ekanliklarini namoyish etishdi. Uchrashuv nazorat bahsi maqomi ostida o'tganligi bois jamoamiz rasmiy o'yinlarda qo'llanadigan taktik rejalarni amalda sinab ko'rdi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Voxid SHodiev hisobni ochish uchun juda qulay vaziyatga chiqdi. Himoyachini adashishga majbur qilgan SHodiev chamasi 15 metrlardan “Spartak” darvozasiga zarba berdi. Ammo erlatib yo'llangan to'pni Artyom Rebrov egallab oldi. SHu tariqa, dastlabki 45 daqiqalikda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'limni rossiyaliklar faol boshlashdi va buning natijasida 56-daqiqada hisob ochildi. Vladimir Obuxov qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan Bugalo darvozasiga joylab qo'ydi – 0:1. Ushbu gol “Spartak” o'yinini jonlantirib yubordi va oradan ko'p o'tmasdan Araz Obiliz qizil-oqlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 79-daqiqada “Bunyodkor”ning hujumini moskvaliklar o'z jarima maydonchalari ichida qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi. Bu vaziyatda Zabixillo O'rinboevga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. 11 metrlik nuqtadan Bahodir Pardaev hisobni qisqartirdi – 1:2.
Ushbu hisob o'yin so'nggigacha o'zgarmay qoldi. “”SHu tariqa, “Bunyodkor” BAAdagi yig'in doirasida Rossiya premer-ligasining uchta qatnashchisi bilan kuch sinashib, ikkita durang va bitta mag'lubiyat qayd etdi.
“BUNYODKOR” – “SPARTAK” (Moskva) 1:2 (0:0)
Gollar: Vladimir Obuxov 56 (0:1), Araz Obiliz 69 (0:2), Bahodir Pardaev 79 penalti (1:2)
“Bunyodkor”: 45.Akbar To'raev (1.Pavel Bugalo 46), 2.Akmal SHorahmedov (6.Jahongir Jiyamurodov 72), 4.Xayrulla Karimov (18.Bobirjon Akbarov 46), 20.Sergey Simonenko (3.SHukurali Po'latov 59), 23.Sahob Jo'raev (27.Javlon Mirabdullaev 72), 5.Dilshod Jo'raev (19.Zabixillo O'rinboev 72), 8.Javlon Ibroximov (17.Alisher SHog'ulomov 72), 7.Alibobo Rahmatullaev (24.Bahodir Pardaev 59), 21.Sardor Rashidov (9.Mansur Saidov 59), 16.Voxid SHodiev (44.Mirjamol Qosimov 72), 11.Oleksandr Pishur (10.Anvar Berdiev 59)
“Spartak” 1-taym: 32.Artyom Rebrov, 7.Kiril Kombarov, 55.Joa Karlos, 18.Ilya Kutepov, 26.Anton Xodirov, 88.Denis Glushakov, 5.Tino Kosta, 6.Rafael Kariosa, 69.Denis Davidov, 9.Lukas Barrios, 14.Pavel Yakovlev
“Spartak” 2-taym: 30.Sergey Pesyakov, 4.Sergey Parshivlyuk, 34.Evgeniy Makeev, 33.Salvatore Bokketti, 3.Sergey Brizgalov, 15.Romulo, 19.Joze Xurado, 23.Dmitriy Kombarov, 40.Artyom Timofeev, 41.Vladimir Obuxov, 11.Araz Obziliz
Bosh hakam: Muhammad Ali (BAA)
30 yanvar. Abu-Dabi. “Al-Nahyan” stadioni

Fikrlar