Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” “Neftchi” ustidan zafar quchdi
23 fev 2020 16:26
Yangiliklar
Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” “Neftchi” ustidan zafar quchdi
Pro-Liga vakili bo'lgan “Neftchi”ga qarshi kechgan bahs keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. 30-daqiqada mahoratli hujumchi Mirjahon Mirahmadov raqib darvozasini aniq nishonga olib hisobni ochgan bo'lsa, 60-daqiqada G'ulom-Haydar G'ulomov hakam tomonidan belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo'lim yakuniga etishiga oz fursat qolganida farg'onaliklar bellashuvdagi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi, 2:1.
“Bunyodkor” “Neftchi” 2:1
Gollar: Mirjahon Mirahmadov 30, G'ulom-Haydar G'ulomov 60
“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Dilshodbek Ahmadaliev, Davronjon Ergashev, Abdulla Abdullaev, Hasan Yo'ldoshev, Lutfulla To'raev, Nurillo To'xtasinov, G'ulom-Haydar G'ulomov, Doniyor Usmonov, Sardor Abduraimov, Bahodir Pardaev (Mirjahon Mirahmadov)
Zahira: Vladislav Nuriev, Suhrob Izzatov, Boburbek Farhodov, Farrux Ikromov, Suhrobjon Ergashev, Akobir Qayumov, Rasul Yo'ldoshev, Nozimxon Rustamov
CHetlatish: Farrux Ikromov



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar