Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” – “Metallurg” 4:2
24 jan 2015 18:11
Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. “Bunyodkor” – “Metallurg” 4:2
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Turkiya safari oldidan Toshkentda Bekobodning “Metallurg” klubi bilan kuch sinashdi.
Bugun Toshkentda kuchli qor yog'ayotganiga qaramasdan tashkilotchilar maydon holatini futbolchilar uchun juda yaxshi xolatga keltirib berishdi.
Bevosita uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, Sergey Lushan ikkita bo'limga deyarli ikki xil tarkibni maydonga tushirdi. “Metallurg”ning boshlang'ich tarkibiga ikkinchi taymda 3-4ta futbolchi qo'shildi. Bahsda uchta futbolchi “dubl” mualliflariga aylanishdi. “Qaldirg'ochlar”dan Anvar berdiev va Temur Ayupov bekobodliklar darvozasiga ikkitadan to'p kiritishgan bo'lsa, mehmonlarda Dilshod Karimov ikki bor penaltidan o'z hisobiga gollar yozdirib qo'ydi.
Nazorat uchrashuvi
“BUNYODKOR” – “METALLURG” 4:2 (2:2)
Gollar: Dilmurod Karimov 37 penalti (0:1), Anvar Berdiev 42 (1:1), Dilmurod Karimov 44 penalti (1:2), Anvar Berdiev 45+1 (2:2), Temur Ayupov 84 (3:2), Temur Ayupov 88 penalti (4:2)
Sergey Lushan o'z shogirdlari bilan 26 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oladi. U erda ikki haftalik yig'in tashkil etiladi.

Fikrlar