Nazorat uchrashuvi. "Bunyodkor" - "Legionovia" (Polsha) 1:1
06 fev 2015 20:39
Yangiliklar


Nazorat uchrashuvi. "Bunyodkor" - "Legionovia" (Polsha) 1:1
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bugun Antaliyadagi yig'in doirasidagi o'zining navbatdagi nazorat uchrashuvini Polshaning "Legionovia" jamoasiga qarshi o'tkazdi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida "qaldirg'ochlar" hujumchisi Temur Ayupov hisobni ochdi. 90-daqiqada polshaliklar javob to'pini kiritishdi - 1:1.
Bu haqida "qaldirg'ochlar"ning tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berib o'tdi.
"Bunyodkor" - "Legionovia" (Polsha) 1:1
"Bunyodkor"ning goli: Temur Ayupov 36
"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Xayrulla Karimov, Anvar G'ofurov, Obid Jo'raboev, Dilyorbek Ermatov, Dilshod Jo'raev, Mirjamol Qosimov, Otabek SHukurov, Zabihillo O'rinboev, Temur Ayupov, Eldor SHomurodov.
Zaxira: Akbar To'raev, Otabek Zokirov.

Fikrlar