So’nggi yangiliklar

14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3

Nazorat uchrashuvi. Andijon - Buxoro 0:2 Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. Andijon - Buxoro 0:2

Teglar :  AndijonBuxoro
Andijon bugun navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Toshkentda yig'in o'tkazayotgan burgutlar bu safar oliy liga vakili Buxoro bilan kuch sinashdi.

Poytaxtda qor yog'ayotgani bois, havo xarorati ham sovub ketkan. SHunga qaramay futbolchilar o'zlarini ko'rsatishga urinmoqda deyish mumkin.  O'yinda Bahrom Narzullaev dublga erishib, Buxoroga g'alaba keltirdi.

Darvoqe, o'tkan shanba kuni Andijon Toshkentda Bunyodkor o'rinbosarlari bilan nazorat uchrashuvini o'tkazib 0:0 hisobida durang qayd etgandi.

Buxoroga qarshi uchrashuvda Vitaliy Legay quyidagi tarkibdan foydalandi:  Aziz Abubakirov (Barakatillo Isroilov), Farruh Bekmuratov, Abdurasul Komilov, Mansur Mahsudov, Abror Komilov, Abdulaziz Yoqubov, Jahongir Maqsudov, Mirzohid Mirsaidov, Baxtiyor Qosimov, Ahror O'ktamov.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Lochin Dolimov, Dilmurod Mahmudov, Qahramon Mahamadjonov, Akbar Xodjaev, Oybek Nurmatov, G'ayrat Jo'raev, Farhod Bekmuratov, Sanjar Asqaraliev, Maqsud Mahmudov, Ibrohim Otaxonov, Alisher Abduvohidov.

“Buxoro”: Erkin Jabborov, Mirjalol Jumaev, Islom Xoliqov, Elbek Ravshanov, Xurshid Olimov, Nozim Umurov, Mirfayz Muxiddinov, Ravshan Yangiev, Karen Abramov, Javohir Qahramonov, Baxrom Narzullaev.

Zahiradan maydonga tushganlar: Akmal Tursunboev, Sardor Sulaymonov, Orif SHamsiddinov, Alisher SHog'ulomov, Ergash Ismoilov, Elshod Dilmurodov, Vladimir Baenko.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, jamoaga mahalliy posbon Lochin Dolimov qo'shildi. Ko'rikda bo'lib turgan hujumchi Bobur Farhodov esa ortga qaytib ketdi. SHuningdek murabbiylar yana bir qator yoshlarni sinovdan o'tkazmoqda.

Ertaga Andijon yana bir nazorat o'yinida maydonga tushadi. Navbatdagi raqib - Paxtakor yoshlar jamoasidir.

"Andijon" klubi matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика