So’nggi yangiliklar

13:18"Барселона"нинг ўтган мавсумдаги молиявий йўқотишлари ва даромадлари маълум бўлди  0 12:50Аргентина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Биз турнирда нафақат ўзимиз, балки Жаҳон чемпионатида тўп тепишни орзу қиладиган барча болакай, ҳаваскор ва маҳаллий футзалчи учун ўйнаймиз"  0 12:31ОЧЛ Элитда 2-тур тугади. "Пахтакор"нинг Эрондаги ўйини ҳақида  0 12:08Бразилия футзал терма жамоаси аъзоси Марсель: "Украинага қарши баҳсда Хорватия билан бўлгани каби жисмоний куч муҳим аҳамият касб этади"  0 11:48Украина ҳамда Бразилия терма жамоаси устозлари ярим финал олдидан қандай фикрда?  0 11:28"Ҳусанов - ҳақиқий монстр. У "Ланс"да узоқ ушланиб қолмайди. Ташвишланманг, бизда Абдуқодир бор"  7 10:52Ҳакамлар “Локомотив”нинг ОКМК дарвозасига урган голини инобатга олмасдан, хатога йўл қўйишди. Суперлиганинг 20-тур учрашувларидаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  6 10:49Тен Хагнинг истеъфоси МЮга жуда қимматга тушади  6 10:22Холанд ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчига айланди  4 09:50Суперлига. Сентябрь ойининг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар эълон қилинди  3 09:13Италиялик мутахассис МЮни бошқариши мумкин. Номзодни шахсан Фергюсон таклиф қилди  16 08:45Элит ОЧЛ. 2-тур якунларидан сўнг "Пахтакор" ўз гуруҳида нечанчи ўринга кўтарилиб олди?  2 08:05ОФК ЧЛ 2. Бугун "Насаф" БАА клубини меҳмон қилади  8 02:10ЕЧЛ. "Барселона", "Ман Сити", "Интер" ва "Боруссия" ўз ўйинларида йирик ғалаба қайд этишди. "Милан" "Байер"га ютқазди  8 01:55ЕЧЛ. "Арсенал" Лондонда ПСЖни ишончли ҳисобда таслим этди  8

"Nayza"si bor "Al Nassr" va Qosimovga suyangan AGMK Yangiliklar

"Nayza"si bor "Al Nassr" va Qosimovga suyangan AGMK

OCHL-2019 guruh bosqichida nechta o'zbek klubi ishtirok etishi aniq bo'ladigan kun ham etib keldi.

Bugun Olmaliqning AGMK klubi Saudiya Arabistonida "Al Nassr" mehmoni bo'lsa, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida "Al Nasr" bilan bellashadi.

Quyida O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi hisoblangan AGMKning o'yini haqida so'z yuritamiz. Zero, Mirjalol Qosimov boshliq jamoani bugun juda jiddiy sinov kutib turibdi.


Kuchli ko'rinayotgan "Al Nassr"


"Al Nassr"ning Saudiya Arabistoni chempionatidagi oxirgi beshta o'yini:

16-tur
10.01.2019
"Al Faysali" - "Al Nassr" 2:2
Gollar:
Fahad Al Ansari 56, Rojerino 90+8 - Nurdin Amrabat (Petros) 2, Hamed Al Mansur (Juliano) 85


17-tur
28.01.2019
"Al Nassr" - "Ohod" 4:0
Gollar:
Abdurrazzoq Hamdallah (Al G'anam) 16, Sulton Al G'anam (A.Hamdallah) 45+1, Yehya Al SHehri (A.Hamdallah) 71, Avad Faraj (A.Hamdallah) 78


18-tur
02.02.2019
"Al Taavon" - "Al Nassr" 3:1
Gollar:
N.Petrolina 17, T.Kana 33, Heldon 77 - Juliano (Fahad Bin Jumaya) 40


19-tur
06.02.2019
"Al Nassr" - "Al Qodisiya" 3:1
Gollar:
Abdurrazzoq Hamdallah 10, R.Uilyams 81 (avtogol), Sulton Al G'anam (Fahad Bin Jumaya) 90 - R.Uilyams 71


20-tur
12.02.2019
"Al Ahli" - "Al Nassr" 1:2
Gollar:
Omar Al Soma 59 - Abdurrazzoq Hamdallah 45+1, 60


Ko'rib turganingizdek "Al Nassr" so'nggi beshta o'yinida maydonni golsiz tark etmagan. Uchta g'alaba, bitta durang va bitta mag'lubiyat. Jamoa ichki chempionatning ortda qolgan 20ta turi davomida 40ta gol urgan va o'z darvozasidan 19ta to'p olib chiqqan. Ar-Riyodliklar ayni paytda turnir jadvalida "Al Hilol"dan keyin ikkinchi o'rinda borishmoqda.

Rui Vitoria bosh murabbiyligidagi "Al Nassr" juda kuchli. Neytral turib aytadigan bo'lsak, ular ayni paytda tarkib va o'yinchilarning darajasi nuqtai-nazaridan AGMKdan kuchliroq. Jamoa standart vaziyatlardan juda kuchli, to'pni nazorat qilishni ham yaxshi uddalaydi. Bir so'z bilan aytganda bugun mezbonlar favorit.


"Al Nassr" ayni pallada mukammal jamoa emas

Rui Vitoria odatda 4-2-3-1 taktik sxemasidan foydalanadi.

Agar saudiyaliklar OCHLda ham milliy chempionatdagi tarkibni o'ynata olishganida ularning imkoniyatlari keskin oshib ketgan bo'lardi. Ammo, CHempionlar ligasidagi legionerlar limiti sabab Vitoria bir necha nafar asosiy legioner futbolchilarini "zayavka" qila olmadi. Darvozada avstraliyalik kiper Bred Jons, himoyaning har ikki qanotida mahalliy o'yinchilar to'p tepishadi. Aytish mumkin-ki, bu jamoaning qanot himoyachilari hujumga faol tarzda yordam berishadi. Markaziy himoyada esa odatda legionerlar to'p tepib kelishadi. Mana shu erga kelganda jamoaning dastlabki minusi ko'zga tashlanadi. Qizig'i, murabbiy jamoa sardori braziliyalik Bruno Uvinini OCHLga "zayavka" qilmadi. Uning o'rniga yaqindagina "Galatasaroy"dan olib kelingan boshqa bir tajribali braziliyalik Maykon Rokeni kiritdi. 190 sm bo'yga ega Maykon to'p uchun havodagi kurashlarda juda katta ustunlik beradi. Bu jihat nafaqat himoyalanishda, balki standart vaziyatlarda raqib darvozasi oldida ham katta foyda keltirishi mumkin. Unga bugun Uvini ham, kolumbiyalik Kristian Ramos ham yordam bera olmaydi. Katta ehtimol bilan ikkinchi markaziy himoyachi Umar Havsavi (4-raqam) bo'ladi.

Jamoaning tayanch zonasida asosiy qo'rg'on braziliyalik Petros, ammo u ham limit sabab OCHL o'yinida maydonga tusha olmaydi. Demak, tayanchda bugun katta ehtimol bilan Ibrohim G'olib (14-raqam) va Abdulaziz Al Jebrin (16-raqam) to'p tepadi. Petrosning yo'qligi mezbonlarning ikkinchi jiddiy kamchiligi bo'lishi mumkin.

Qanot vingerlari masalasida ham saudiyaliklarda yo'qotish bor. Ahmad Musa jamoani tark etganidan so'ng chap qanot vingeri rolini Fahad Bin Jumaya bajarmoqda va bugun ham biz yarim himoyaning chap qanotida aynan uni ko'rsak kerak. O'ng qanot vingeri esa almashtirilmaydigan Nurdin Amrabat. Legionerlar limiti sabab u ham OCHLda bugun o'ynay olmaydi. Mana bu "Al Nassr"ning eng katta minusiga aylanishi mumkin. CHunki, Amrabat standartlarda asosiy ijrochilardan biri, shuningdek marokashlik futbolchi istalgan pallada hujumdagi vatandoshi Abdurrazzoq Hamdallahning boshini qidirib topa oladigan o'yinchi. Uning yo'qligi mezbonlarning o'ng qanotidan kelishi mumkin bo'lgan havfni keskin kamaytiradi. Katta ehtimol bu joyda Yahyo Al SHehrini ko'ramiz. SHehri aslida chap qanot vingeri, ammo vaziyat taqozo qilgani tufayli murabbiy undan o'ngda foydalansa kerak.



Nihoyat, "Al Nassr"ning eng xavfli va kuchli nuqtasiga etib keldik. Hujumchi va hujumchi ortida o'ynovchi o'yinchilar. Braziliya Juliano hujumchi ortida harakat qiladi va hujumlarning yakuniy pallasida keskinlikni oshirishda asosiy ijrochi hisoblanadi. Yani, maydonni uchinchi qismi (raqib jarima maydonchasi va uning atrofi)da jamoaning eng xavfli o'yinchisi. Amrabat o'ynamasligini inobatga oladigan bo'lsak, standartlarni ham aynan "Zenit"ning sobiq futbolchisi amalga oshiradi.

Birgina hujumchi rolini esa Abdurrazzoq Hamdallah qoyillatib qo'ya oladi. SHu o'rinda aynan marokashlik forvard haqida to'xtalishga qaror qildim. Bundan tashqari, gol urish kerak bo'lsa istalgan pallada Muhammad Al Sahlavi ikkinchi hujumchi bo'lib maydonga tushishi mumkin. Murabbiy ixtiyorida 4 nafar qanot himoyachilari mavjud va istalgan paytda Rui Vitoria aynan qanot himoyachilarini yangilash evaziga hujumga keladigan yordamni kuchaytirishi mumkin.


Zararsizlantirish mushkul bo'lgan "Nayza"

28 yoshli Hamdallah "Al Nassr"ning hujumdagi eng xavfli o'yinchisi, raqib jarima maydonchasida o'zini suvdagi baliqdek his etadi. To'p bilan juda yaxshi muomala qiladi, zarba berish texnikasi yaxshi va bosh bilan juda zo'r o'ynaydi. AGMK himoyachilari aynan undan ehtiyot bo'lishlari kerak. CHunki, Hamdallah raqib jarima maydonchasiga kirib penalti ishlashni va uni amalga oshirishni juda yaxshi ko'radi. Harakatlariga etibor beradigan bo'lsak, 16ning ichida imkon qadar himoyachilar bilan kontaktga kirishga va ketidan 11 metrlik jarima zarbasini ishlashga ko'p bor intiladi. Penaltilar ijro etish borasida sovuqqon. Ko'p xollarda penalti tepishdan oldin bir tomonga tikilib turib, darvozabon o'sha tomonga sakrashni boshlagandan so'ng to'pni narigi tomonga tepadi. Yani, ko'pincha zarba beradigan tomoniga aytarli darajada qaramaydi. Buning uchun esa o'yinchi o'ta sovuqqon bo'lishi zarur.


"Al Nassr"ning taxminiy tarkibi: 4-2-3-1

Bred Jon (1) - Sulton Abdulloh Al G'anam (2), Maykon Roke (18), Umar Ibrohim Havsavi (4), Avad Hamis Faraj (27) - Ibrohim Muhammad G'olib (14), Abdulaziz Al Jebrin (16) - Yahyo Al SHehri (8), Juliano (77), Fahad Al Jumaya (38) - Abdurrazzoq Hamdallah (9).


Qosimovga suyangan AGMK

Yuqorida olmaliqliklarning bugungi raqibi haqida imkon qadar so'z yuritdim va bu ulardan qo'rqish uchun emas, balki mezbonlarning qanday kuchga ega ekanligini chamalab olish uchun edi.

Mirjalol Qosimovga suyangan AGMK OCHL guruh bellashuvlariga chiqish uchun bugun boshidan baland sakrashi kerak bo'ladi. CHunki, tarkib va o'yinchilarning darajasi borasida ustunlik saudiyaliklar tomonda. Buni tan olish kerak. Lekin, bizga bugun ikkita faktor yordam berishiga ishonyapman. Murabbiy va ishtiyoq. Birinchisi yulduzli bo'lmagan tarkibni jamoaviy o'ynatishga va shu orqali Osiyoda AGMK atalmish klubning imkoniyatlarini ko'z-ko'z qilishga kirishgan inson. Ikkinchi faktor esa o'sha yulduz bo'lmagan futbolchilarni boshdan baland sakrashi uchun turtki bo'ladigan asosiy omil. Ishonamizki, Qosimov bugun shogirdlarini ruxan mukammal tayyorlay oladi va ulardagi ishtiyoqni maksimal darajaga olib chiqadi. Bundan tashqari, standart vaziyatlar faqat raqibning emas, AGMKning ham asosiy quroli hisoblanadi. Buni saralashning avvalgi bosqichida ham ko'rdik.



"Istiqlol"ga qarshi o'yindagi xatolaridan kelib chiqadigan bo'lsak, bugun darvozani Akbar To'raev qo'riqlamasa kerak. Menimcha, bugun Suhrob Sultonovni asosiyda ko'rib qolishimiz mumkin. Yana ham darvozabonlar mavzusida aniq bir narsa deyish qiyin.

Himoyaning o'ng qanotida o'tgan safar Mirg'iyos Sulaymonov o'ynagandi. Bugun esa jamoaga xalqaro tajriba juda zarur ekanligi nuqta-i nazaridan kelib chiqib Akmal SHorahmedov tushishini taxmin qilayapman. Markazda himoyada Bobur Yo'ldoshev va SHerzod Fayziev o'ynasa kerak. Hamdallahga qarshi bosh bilan o'ynashda Fayziev Sardor Rahmonovdan biroz ustunroq, nazarimda. CHap qanotda esa Saydullo Rahmatov harakat qiladi.

Yagona tayanch yarim himoyachisi Dilshod Jo'raev bo'ladi. U "Istiqlol" bilan bahsda o'yinni o'ziga oldi va etakchilik qila oldi. Bu bilan esa bugungi uchrashuv oldidan ham asosiy tarkibdagi o'rnini mustahkamladi. Markaziy yarim himoyada esa Sanat SHixov va Mirjamol Qosimov yoki Murod Toshmatov tushishi mumkin. toshmatov asli qanot yarim himoyachisi, lekin o'tgan mavsum Qosimov uni "Bunyodkor"da markazda ham o'ynatganini inobatga olgan holda shunday qarorga keldim.

Qanot vingerlari menimcha o'zgarmasa kerak. O'ngda Zohir pirimov va chapda Jasur Hasanov. Hasanovdan bu safar ham o'tgan galgidek samarali o'yin kutamiz. Bugun ham u sheriklarini ortidan ergashtirishi kerak bo'ladi. Markaziy hujumda Zafar Polvonov o'ynaydi. Jasur Hakimov esa yana "joker" rolini bajarsa kerak.


AGMKning taxminiy tarkibi: 4-3-3

Suhrob Sultonov (32) - Akmal SHorahmedov (23), Bobur Yo'ldoshev (44), SHerzod Fayziev (37), Saydullo Rahmatov (31) - Dilshod Jo'raev (5), Sanat SHixov (8), Mirjamol Qosimov (4) - Zohir Pirimov (11), Jasur Hasanov (19), Zafar Polvonov (9).


Kuchli va hujumkor o'yin namoyish etadigan raqibga qarshi bahsda AGMKga omad tilab qolamiz. Zero, o'zbek futboli muxlislari "Paxtakor"dan ham, AGMKdan ham faqat g'alaba kutishmoqda.

Omad va zafar doim hamrohingiz bo'lsin!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика