Nayim Qosimov Butunjahon plyaj o'yinlariga tayinlov oldi
01 may 2023 17:45
Yangiliklar


Nayim Qosimov Butunjahon plyaj o'yinlariga tayinlov oldi
Joriy yilning 6-12-avgust kunlari Indoneziyaning Bali shahrida Butunjahon plyaj o'yinlari musobaqasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Etiborli tomoni, ushbu turnirda hakamlik qilish uchun o'zbekistonlik FIFA referisi — Nayim Qosimov ham taklif oldi.
Xabaringiz bor, ushbu hakamimiz Tailandning Pattaya shahrida mart oyida bo'lib o'tgan sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogida ham ishlab, turnir davomida 7 ta bahsni boshqarishga ulgurgan edi.
SHuningdek, Qosimov OFK sohil futboli kursini muvaffaqiyatli yakunlagach, OFK Elita hakamlar ro'yxatidan ham joy olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar