Urganch shahrida “Navruz Cup” turnirning g'olib va sovrindorlari aniqlandi
27 mar 2023 11:15
Yangiliklar


Urganch shahrida “Navruz Cup” turnirning g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Deyarli bir hafta davom etgan mazkur musobaqada 2007-2008 va 2009-2010 yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalari g'oliblik uchun to'p tepishdi. Davraviy tizimda tashkil etilgan ushbu turnir yakuniga ko'ra, yosh toifasi bo'yicha quyidagi jamoalar g'olib va sovrindor bo'ldi.
2007-2008 yillarda tug'ilganlar birinchiligi. 1-o'rin. Urganch OPSTTM (Xorazm viloyati). 2-o'rin. Qashqadaryo viloyati. 3-o'rin. “New stars” (Toshkent shahri).
2009-2010 yillarda tug'ilganlar birinchiligi. 1-o'rin. Surxondaryo viloyati. 2-o'rin. “Bunyodkor” (Toshkent viloyati). 3-o'rin. “Yoshlik” (Xorazm viloyati). 3-o'rin. Navoiy viloyati.
Turnirning yopilish marosimida g'olib va sovrindor jamoalar, ularning futbolchilari tashkilotchilar tomonidan tegishli darajada taqdirlandilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar