So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  1 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Navro'z Xaipov: "Orol" kuchli uchlikka kirishga harakat qiladi" Yangiliklar

Navro'z Xaipov: "Orol" kuchli uchlikka kirishga harakat qiladi"

Pro_liganing 4-turida G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'lgan edi. O'sha uchrashuvning so'ngi soniyalarda o'z goli bilan "Orol"ni mag'lubiyatdan qutulib qolishini taminlagan tajribali hujumchi Navro'z Xaipov bilan suhbatlashdik.

- "SHo'rtan" bilan uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- Uchrashuv qiyin bo'ldi. Bizlarda ochko yo'qligi bois faqat g'alaba qozonish uchun bordik. Xudoga shukr oxirigacha harakat qilib, 1 ochko olib qaytishga erishdik. Durangga loyiq o'yin bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi taymda bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, lekin foydalana olmadik. Keyingi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

- O'z o'yininggizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- 70-80 foizga ko'nglim to'ldi. Birinchi taymda 1-2 imkoniyatdan foydalana olmadim. SHunga qaramay o'yin oxirida omadim kelib gol urdim.  Keyingi o'yinlarda golim jamoamizga uch ochko taqdim etsa, shunda o'yinimdan to'liq qoniqdim deya ayta olaman.

- Bu mavsumda nechta gol urishni rejalashtiryapsiz?
- Har o'yinda gol urishga harakat qilyapman. Aniq bir sonni ayta olmayman. Bu mavsumda ko'pincha yarim himoyada to'p surayotganim bois ham, aniq shuncha gol uraman deb vada berolmayman.

- Navro'z Alimov bilan birga to'p surish sizga qanday foyda beryapti?
- Hozir hujumchi poziciyasida to'p surmayapman. Adashimning bir o'zi hujumda o'ynayapti. Qo'ldan kelgancha unga yordam berishga harakat qilyapman.

- "Orol" jamoasi bu mavsumda o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan?
- Iloji boricha yuqori o'rinlarni egallab, muxlislarni xursand qilish bizning asosiy maqsadimiz. Bilasiz "Orol" jamoasi muxlislar uchun o'ynaydi.  Iloji boricha kuchli 3 likka kirishga harakat qilamiz. Balki kelasi mavsumda ham shu tarkibimiz saqlanib qolsa, unda Superligaga chiqish uchun harakat qilishimiz mumkin.

Furqat Yusupov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика