Navro'z Olimov: "Kelgusi yig'inlarga ham taklif olish uchun o'z ustimda ishlashni to'xtatmayman"
31 may 2014 09:39
Yangiliklar
Navro'z Olimov: "Kelgusi yig'inlarga ham taklif olish uchun o'z ustimda ishlashni to'xtatmayman"
"Qizilqum" hujumchisi Navro'z Olimov yaqinda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut uchrashuvini o'tkazdi. SHu munosabat bilan undan bu haqda qisqacha intervyu oldik.
- Albatta, har bir futbolchi singari men ham milliy terma jamoaga taklif etilganimdan xursandman, - deya gap boshladi Olimov. - Yaratgan egam buni davomli qilishini so'rab qolaman. Bazida har qanday ishni ham birinchisi omadsiz kechdi keyinchalik hammasi yaxshi bo'ladi. Debyut o'yinimiz mag'lubiyat bilan yakunlandi. Ilohim keyingi safar g'alabalar bilan muxlislarimizni xursand qilish nasib qilsin.
- Ummonga qarshi o'tkazgan birinchi bahsimiz Olmaliqda kechib, to'g'risi ilk uchrashuvda hayajon bosdi. CHunki milliy terma jamoada har qanday futbolchini debyut o'yinda uning salobati bosadi. Boz ustiga men birinchi o'yinda 20 daqiqa maydonda harakat qildim xolos. Unda o'zimni to'liq ko'rsata olmadim.
- Menga ko'proq "Jar"da kechgan ikkinchi o'yinimiz yoqdi. Bu uchrashuvda ko'proq o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldim.
- Umuman olganda terma jamoada hammasi yaxshi. Barcha futbolchilar bir-birlari bilan ahil-inoq. U erda men asosan Eldor Suyunov, Davron Hoshimov, Vladimir Kozak singari o'z tengqurlarim bilan bo'ldim.
- Nasib qilsa endi kelgusi yig'inlarga taklif olish uchun o'z ustimda ishlashni to'xtatmayman. Hammasi o'zimga bog'liq ekanligini juda yaxshi tushunib turibman.
- "Qizilqum"dagi ishlarim chakki emas. Bu erda ham ajoyib klub shakllantirilgan.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar