Navro'z Alimov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
01 dek 2014 14:28
Yangiliklar

Navro'z Alimov "Paxtakor" futbolchisiga aylandi
"Paxtakor" iqtidorli hujumchi Navro'z Alimov bilan shartnoma imzoladi.
Oxirgi mavsumlarda "Qizilqum"dagi o'yinlari orqali milliy terma jamoaga jalb etilgan hujumchi Navro'z Alimov faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradigan bo'ldi. Terma jamoa safida Dubayga jo'nab ketishi oldidan klub va Alimov o'rtasida shartnoma tuzildi.
Ushbu o'tish to'g'risida klub menejeri Samvel Babayan quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "Paxtakor" selekciya xizmati hamisha yurtimizdagi iqtidorli futbolchilarni kuzatib, ular haqida malumotlarni to'plab keladi. Navro'z Alimovni "Qizilqum" yoshlari tarkibida o'ynab yurganidan beri kuzatib kelganmiz. Oliy liga bellashuvlarida yaxshi taassurot qoldirgan Alimov "Paxtakor"ning shundoq ham kuchli bo'lgan hujum chizig'ida raqobatni yanada oshirishi tabiiy. O'zim ham ushbu hujumchining o'yinlarini anchadan beri kuzatib kelaman. U jamoamizda yuqori saviyadagi hujumchiga aylanib, sovrinlarga ega chiqadi deb umid qilaman.
Navro'z Alimov
Tug'ilgan sanasi: 21.03.1992
Oliy ligada 32 uchrashuvda 4 to'p kiritgan. Milliy terma jamoada 8 o'yinda 1 gol muallifi bo'lgan.

Fikrlar