Navoiylik muxlislar Toshkentda Qizilqumni qo'llab-quvvatlashadi
10 iyu 2016 11:29
Yangiliklar
Navoiylik muxlislar Toshkentda Qizilqumni qo'llab-quvvatlashadi
Qizilqum PFK Muxlislar klubi azolari ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Navoiylik ishqibozlar Bunyodkor - Qizilqum o'yinini Toshkentdagi Bunyodkor stadionida kuzatib borishga qaror qilishgan.
- Bugun azonda Navoiy shahridan yuz nafardan ziyod muxlis Toshkent sari yo'lga otlandik, - deydi Qizilqum PFK Muxlislar klubi rahbari SHahriddin Ishnazarov. - Bugun Evropada katta futbol bayrami boshlanmoqda. Sevimli jamoamiz Qizilqum poytaxtda Bunyodkor futbolchilari mehmoni bo'lishadi. Ishonamizki, futbolchilarimiz mehmonda o'ynashiga qaramay chiroyli futbol namoyish etib, biz ishqibozlarni xursand qilishadi. Toshkentdagi uchrashuv davomida ayni paytda poytaxtimizda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan navoiyliklar ham safimizga qo'shilishadi. Bir so'z bilan aytganda, biz bugun Qizilqumni yolg'izlatib qo'ymaymiz, muxlislarimiz o'z jamoasi g'alabasiga ishonadilar.
Murojaat uchun telefon: +998913333773. SHahriddin Ishnazarov.
Eslatib o'tamiz, Bunyodkor - Qizilqum jamoalari uchrashuvi bugun, yani, 10 iyun kuni soat 19.00 da boshlanadi. O'yin Toshkentdagi Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar