Navoiy viloyatida "Bolalar ligasi" musobaqasi boshlandi
16 apr 2018 15:52
Yangiliklar


Navoiy viloyatida "Bolalar ligasi" musobaqasi boshlandi
O'zbekiston Futbol associaciyasining yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish chora tadbirlari rejasiga asosan joriy yilning 14 aprel kuni Navoiy viloyatida “Bolalar ligasi” musobaqasiga start berildi.
Musobaqaning dastlabki o'yini 2003 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan “Qizilqum” BO'FM va FMI jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. O'yinda “Qizilqum” BO'FM futbolchilari FMI jamoasi davozasiga javobsiz 8 ta to'p kiritib, 8-0 hisobida g'alaba qozondi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra o'yinlar 5 ta yosh toifasiga bo'lingan holda tashkil etilib, 2 davraga bo'lingan holda iyun oyiga qadar davom etadi. Musobaqada Navoiy viloyatining barcha BO'SM, IBO'SM, OZK, BO'FM va FMI tarbiyalanuvchilari ishtirok etadilar. Musobaqani O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi murabbiylari hamda selekcionerlari kuzatib borib, iqtidorli futbolchilar saralab olishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar