Navoiylik muxlislar Buxoroga boradi
15 may 2015 10:47
Yangiliklar

Navoiylik muxlislar Buxoroga boradi
Xabaringiz bor, milliy chempionatimiz oliy ligasining 9-turida Navoiyning "Qizilqum" jamoasi "Buxoro" futbolchilari mehmoni bo'ladi.
Mazkur uchrashuv 16 may kuni Buxoro shahrida o'tkaziladi.
Oxirgi turda o'z maydonida "Qo'qon-1912" jamoasidan (3:1) ustun kelgan konchilardan muxlislar navbatdagi o'yinda ham g'alaba kutishmoqda. SHu bois, navoiylik muxlislar "Qizilqum" jamoasini Buxorodagi uchrashuvda ham stadionda turib qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishgan. "Qizilqum" ishqibozlar klubi tashabbusi bilan ikki yuzdan ziyod muxlis "Buxoro" sport majmuasiga safar qiladi.
Navoiylik ishqibozlarga qulayliklar yaratish maqsadida Navoiy shahridan maxsus avtobuslar qatnovi uyushtiriladi. Rejaga ko'ra, "Qizilqum" jamoasini Buxorodagi uchrashuvda qo'llab-quvvatlashni xohlovchi muxlislar Navoiyda "So'g'diyona" stadioni oldida to'planishadi. Avtobuslar 16 may kuni soat 12.00 da Navoiydan yo'lga chiqadi. Bu tashabbus "Qizilqum" PFK tomonidan maqullandi va avtobuslar muxlislar uchun tekin xizmat qiladi.
Murojaat uchun telefon - +998913333773.
Eslatib o'tamiz, "Buxoro" - "Qizilqum" jamoalari bahsi 16 may kuni soat 18.30 da boshlanadi.

Fikrlar