Navbat Yaponiyaga. Kunchiqar yurtda ham milliy chempionat o'yinlari qoldirildi
25 fev 2020 16:18
Yangiliklar


Navbat Yaponiyaga. Kunchiqar yurtda ham milliy chempionat o'yinlari qoldirildi
Yaponiya Jey-ligasining rasmiy sayti xabar berishicha, chempionat koronavirus epidemiyasi sabab vaqtincha to'xtatildi.
Yaponiya chempionati 15 martda davom ettirilishi mumkin.
Dam olish kunlarida chempionat o'yinlariga start berildi. Xususan, Andres Inesta o'ynaydigan "Vissel Kobe" "Yokogama" (1:1) bilan durang o'ynadi.
Etiborli jihati, o'yin davomida muxlislarga qo'shiq kuylashlari va qichqirishlari taqiqlandi.
Bundan oldin, Xitoy, Italiya, Janubiy Koreya va OCHLning Xitoy klublari ishtirokidagi o'yinlari ham bekor bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar