Navbat Gurckayaga. U O'runovni "Spartak"ga kerak emas deb hisoblaydi
29 iyu 2020 11:54
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583760_original.jpg)
![](/upload/storage/583760_220.jpg)
Navbat Gurckayaga. U O'runovni "Spartak"ga kerak emas deb hisoblaydi
Agent Timur Gurckaya Oston O'runovning "Spartak"ga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Ufa"ning o'zbekistonlik futbolchisi anchadan beri "Spartak"ning qiziqishiga sabab bo'lgan va u Moskva klubiga o'tishga juda yaqin. Timurning fikricha esa hamyurtimiz "Spartak"ga kerak emas.
"O'runov? Bu poziciyada "Spartak"ga hech kim kerak emas deb hisoblayman. Ularda bu poziciyada 8-raqamda o'ynay oladigan ko'p o'yinchilarga bor: Kral, Til, Zobnin. Ularda boshqa poziciyalar kuchsiz.
Unda nega olishmoqda? Bu savolni Gazizovga bering. Men ularni nega bu futbolchini olayotganini bilmayman. Umuman tushunarsiz.
Hujumkor o'yinchi uchun unda paslar yo'q, mudofaa o'yinchisi sifatida esa u etarli darajada raqiblaridan to'plarni olib qo'ya olmaydi. Nega uni olishayotganini bilmayman", - deydi Gurckaya "Futbolnyy Bigi" yutub-kanalida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar